• elektron hujjat
  • Raqamli elektrografik nusxa ko‘chirish (raqamli nusxa




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    Raqamli elektrografik nusxa ko‘chirish (raqamli nusxa 
    ko‘chirish)
    nusxa ko‘chirish texnikasida eng yangi yutuqdir. Key-
    ingi yillarda hujjat tashuvchi tushunchasi ham (hujjat tashuv-chilar 
    sifatida magnit disklar va lentalar, optik disklar ishlatiladi) huj-
    jat tushunchasi ham (faqat qog‘ozli emas, balki
     elektron hujjat
    (magnitli yoki boshqa mashina tashuvchida ham hujjat hisoblana-
    di o‘zgardi). Shu munosabat bilan hujjatlarni kompyuterli nusxa 
    ko‘chirish va ko‘paytirish texnologiyasi, xususan, kombinatsiya-
    langan kompyuterli-qog‘ozli texnologiyalar gurkirab rivojlandi, 
    ular hujjatlardan elektrografik nusxa ko‘chirishning raqamli usul-
    larida va hujjatlarni elektronografik (rizografli) ko‘paytirish tex-
    nologiyalarida o‘z aksini topdi. 
    raqamli nusxa ko‘chirish texnologiyasi 
    bugungi kunda hujjat-
    lar va turli ish qog‘ozlarini tayyorlashda tezkorligi bilan juda qo‘l 
    kelmoqda. Ba’zi bir mutaxassislar hujjatlarning aylanish doirasiga 
    raqamli texnologiyaning kirib kelishini oq-qora rangli televideni-
    yedan ranglisiga o‘tish bilan tenglashtirishmoqda. 
    Ko‘plab firmalar raqamli nusxa ko‘chirish apparatlarini ishlab 
    chiqarmoqda: Xerox 3030, 5352, Rico D 400 va boshqalar. 
    Raqamli nusxa ko‘chirish apparati o‘z ichiga quyidagilarni ola-
    di: 
    – hujjat asl nusxasini o‘qish va undan elektron nusxani olish uc-
    hun skaner;
    – nusxa ko‘chirilayotgan axborotni tahlil qilish, o‘zgartirish va 
    tahrirlash jarayonini taminlovchi mikroprostetsor;
    – xotira qurilmasi 16 Mbaytgacha tezkor va 1000 Mbaytgacha 
    magnit diskda;
    – displey (xususan, Rico D400 da sensorli boshqariladigan 
    suyuq kristalli) yoki foydalanuvchi bilan ko‘z orqali o‘zaro bog‘la-
    nadigan planshet; 


    104
    105
    – hujjat nusxasini elektrografik usul bilan olish uchun lazerli 
    printer va boshqa qurilmalar. 
    Masalan, P Office Et590 va Pro 1150S firmasining elektron 
    nusxa ko‘chiruvchilari rangli oqimli printer, skaner va faksimil ap-
    parat bilan integrallashtirilgan. 
    Axborot obrazlarni o‘qish dasturlaridan foydalanish bilan ma’lu-
    motni samaraliroq tahrirlash uchun kompyuterli interfeys bo‘lishi 
    mumkin. 
    Raqamli texnologiyalar nusxa ko‘chirish jarayonlarining sama-
    radorligini sezilarli oshirish (nusxa sifati amalda doimo hujjatning 
    asl nusxasi sifatidan yuqori turadi), nusxani tahrirlash imkoniyatla-
    rini keskin yaxshilash va ko‘pgina boshqa ishlarni bajarish imkoni-
    ni beradi. 
    Xususan, raqamli nusxa ko‘chirish quyidagilarga imkon beradi:
    – nusxa ko‘chirishda yuqori unumdorlikni ta’minlash – nusxa 
    ko‘chirishning 10 tagacha dasturini ishlatish, hujjatni bir marta 
    skanerlab (o‘qib) ko‘p martalab nusxa olish, nusxalarni elektron 
    saralash va boshqalar hisobiga;
    – jarayonning ishonchliligi yuqori bo‘lishini ta’minlash – ko‘p 
    betli asl nusxani bir marta kiritish va keyinchalik apparat xotira-
    sidan «ko‘p nusxa ko‘chirish» hisobiga, bunda skanerlash bloki 
    «dam oladi»;
    – nusxalarning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlash – 256 ta rang 
    tusini berish bilan 400 dan ortiq rangni ajratish qobiliyati (dyum-
    dagi nuqtalar soni), shu jumladan, kulrang tusini ham berish;
    – nusxa ko‘chirishda hujjatni samarali ko‘paytirish;
    – turli rejimlarda nusxa ko‘chirishni bajarish mumkin, masalan, 
    «matn» va «foto» rejimlarida. Ular mos ravishda matnli va yarim 
    tusli grafikli hujjatlardan nusxa ko‘chirishga optimal moslashgan, 
    kombinatsiyalashgan hujjatlardan nusxa ko‘chirish uchun «matn-
    foto» rejimi (hujjatning matni va yarim tusli grafikning lavhalarini 
    avtomatik aniqlash va ular uchun mos keluvchi nusxa ko‘chirishni 
    bajarish) mavjud;


    106
    107
    – fonni yo‘qotish rejimida nusxa ko‘chirish – bu rejim gazeta, 
    eski hujjatlar va kitoblarga o‘xshagan past sifatli asl nusxalardan 
    nusxa ko‘chirishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kulrang fonni 
    chiqarib tashlash imkonini beradi. Tasvirni 180° gacha burish va 
    tasvirni 90° ga avtomatik burishni, xususan, hujjatning asl nusxasi 
    va nusxani tashuvchi qog‘ozning o‘zaro noto‘g‘ri oriyentatsiyasida 
    bunday burishni dasturlashtirish;
    – nusxalarni elektron tanlash, saralash va kerakli adadda chop 
    etish hamda bir varaq qog‘ozda berilgan tartibda 10 tagacha va un-
    dan ortiq turli hujjatlarning kichiklashtirilgan nusxalarini joylashti-
    rish uchun asl nusxalarni kombinatsiyalashni bajarish;
    – ham standart, ham foydalanuvchi tomonidan berilgan shtamp-
    larni va logotiplarni avtomatik tushirish, sanani avtomatik qo‘yish, 
    betlarni avtomatik raqamlash va boshqa ko‘pgina amallarni baja-
    rish.
    Apparatning juda oddiy sozlanishi va yuqorida aytilgan hamma 
    servis imkoniyatlarni amalga oshirishda boshqarishning yengilligi-
    ni ta’kidlab o‘tish kerak. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli elektrografik nusxa ko‘chirish (raqamli nusxa

    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish