108
109
nadi. Bo‘yoq silindr bilan valik orasida tarqaladi. Qog‘ozga
trafaret
va bosma valik orasidan o‘tganda nusxa tushadi.
To‘rsimon yoki to‘rsimon rotatorning eng ko‘p taralgan turi ikki
silindrli, stol ustida joylashtirilgan rotatordir.
hozirgi rotatorlarda qog‘oz uzatish va bo‘yoq chiqarish avto-
matik usulda bajariladi. Ko‘paytirilayotgan nusxani sanaydigan hi-
soblagich, nusxa adadini belgilaydigan apparat va boshqalar bor.
hozirgi paytda to‘rsimon rotatorning PC–A4 markasi ishlatil-
moqda. Bu marka o‘z xususiyati bilan xalqaro standartli marka-
larga yaqindir.
Axborot-kutubxona va axborot markazlarida, asosan, AQSh,
Angliya va Yaponiyadan keltirilayotgan rotatorlar keng miqyos-
da ishlatiladi. Trafaretli bosma usuli bilan kutubxona va axborot-
resurs markazlarida adadi 1000–2000 tagacha bo‘lgan hujjatlarni
ko‘paytirish mumkin. Bu usulda ko‘paytirishning afzalligi shun-
daki, tayyorlangan formaning oddiyligi va bosish asboblarining
kichik gabaritligidadir. Bu rotatorda Iskra–1 va Iskra–2 elektro-
plyonkalari ishlatiladi.