Gektografik bosma usullar




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

Gektografik bosma usullar. 
Bosmaning gektografik usuli, 
asosan, spirt vositasida yoyilib ketadigan bo‘yoq orqali qog‘ozga 
nusxa ko‘chirish prinsipiga asoslangan. 
Gektografik forma qo‘l yoki mashinkada yozish yo‘li bilan tay-
yorlanadi. Oxirgi paytlarda forma tayyorlashning termik yo‘l bilan 
nusxa ko‘chirish
(termokopirovanik) usuli keng tarqaldi. 
Gektografik ko‘paytirish apparati Rossiyada 1879- yili M. Ali-
sov tomonidan kashf etildi. Spirtli bosma usul arzon bo‘lganligi 
sababli gektografik apparatlar tekis va rotatsion apparatlarga 
bo‘linadi. Elektr tarmoqli rotatsion gektografik usul, ayniqsa, ko‘p 
ishlatilmoqda. Tekis bosmali gektograflar, faqat zarur bo‘lgan hol
-
lardagina ishlab chiqarilmoqda. 
Keyingi yillarda «quruq, bosmali» gektograflarni tayyorlash urf 
bo‘la boshladi. 
Bu apparatlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan, ho‘llangan qog‘ozga 
bosadi. Silindrning yuqori qismida joylashgan gektografik forma 


110
111
ma’lum haroratda qizdirilgan qog‘ozga tekkazilgach, qatlamdan 
ajralib chiqqan erituvchi modda rasm tushirilgan yeridagi bo‘yoqni 
kuydiradi. Natijada nusxaga xuddi shunday rangdagi bo‘yoq o‘tadi. 
Qog‘ozni qizdirish uchun esa infraqizil lampa ishlatiladi. 
Ixtirochi G. Risterfeld gektografiyada magnitografik bos-
ma prinsipini qo‘llashni taklif etdi. Bu prinsipga muvofiq, forma 
tayyorlash uchun maxsus nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz ishlatiladi. 
Formada qog‘ozga rasmni ko‘chirish uchun bo‘yoq elementi o‘rni-
ga rangli magnitli kukundan foydalaniladi. Gektografik bosma 
formalari materiali sifatida gektofafik nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz, 
fotografik qog‘oz, kalka va yaltiroq plyonkalar, gektografik qalam, 
gektografik siyoh va termografik nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz ishla
-
tiladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish