112
113
paydo bo‘lib qolgan edi. Shu bo‘shliqni rezograf to‘ldirdi. Chunki
kseroks uchun bu juda katta tipografik yuklama bo‘lib, xarajatlar
masalasida ancha qimmatga tushib ketar edi. Rizograf esa har ji-
hatdan qulay vositadir.
rizografning ishlatilishi.
Rizografda ishlash juda oson bo‘lib,
sof nusxa skanerga joylashtiriladi va «Start» tugmachasi bosiladi.
17 soniyadan so‘ng ilk nazorat nusxasi olinadi. Kerakli nusxani
chiqarish uchun 1 daqiqada 60–130 tagacha nusxa olish mumkin.
Qog‘oz aylanma bosma baraban orasidan o‘tadi. Uning ichiga
o‘lchagich asbob o‘rnatilgan bo‘lib, ular bo‘yoq bir me’yorda ish-
latilishini ta’minlaydi. Bo‘yoq teshikchalar orasidan siqib chiqa-
riladi va qog‘ozga tushiriladi. Bosma rangli baraban almashishi
bilan u ham baravar almashadi. Rizografning ishonchli mexanizmi
nusxalarni vaqti-vaqti bilan g‘ijim qilmasdan chiqarib berishga
moslashtirilgan. Mana shu qurilma tufayli, unda ishlayotgan odam
charchamaydi.
Bo‘yoqni ham «RISO» firmasi ishlab chiqaradi. Bu firmaning
ishlab chiqargan mahsuloti oliy sifatga ega. 1000 varaqdan iborat
nusxa tayyorlash uchun 8 daqiqa kifoya. Rizograf 1 ta asl nusxadan
16 000 ta nusxa tayyorlaydi. Bitta bo‘yoq idishi 25 000 nusxaga
yetadi. FRIGR rizografida A4 formatidagi 28 000 nusxa chiqarish
mumkin.
1986- yilda «RISO» kompaniyasi 1 «00720 «Digital» rizografi-
ni ishlab chiqardi. FR uning 6- avlodi bo‘lib, u har tomonlama ta-
komillashtirilgan.
Bu apparatning avvalam bor ustki qismi sifatli bo‘lib, ovoz yu-
tuvchi qoplama bilan ta’minlangan. Rizograf ishni tovushsiz baja-
radi.