126
127
uchun shart-sharoit yaratib berdi. Ular hozirda ham jadal rivojla-
nayotgan eng kuchli hisoblash tizimidir.
70- yillarda kichik EhMlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan,
elektron element baza sohasidagi taraqqiyot bilan, ikkinchi tomon-
dan esa, bir qator tadqiqotlar uchun katta EhMlar resurslarining
ortiqchaligi bilan bog‘liqdir. Kichik EhMlar ko‘pincha texnologik
jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular juda ixcham va kat-
ta EhMga nisbatan ancha arzonroqdir.
Element bazasi va arxitektura yechimi sohasidagi kelgusidagi
muvaffaqiyatlar super mini EhMning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bu arxitekturasi, o‘lchamlari va narxi bo‘yicha kichik EhM sin-
figa, lekin unumdorligi bo‘yicha katta EHMga tenglashadigan hi-
soblash mashinasidir.