7. 3. shaxsiY KOMpYuterLar va axbOrOt-
KutubxOnaLarda uLardan fOYdaLanish
1969- yilda mikroprotsessorning (MP) kashf qilinishi 70- yil-
larda EHMning yana bir sinfi – mikro EHMning paydo bo‘lishiga
olib keldi. Aynan shu MPning borligi avvaliga mikro EhMning
aniqlovchi belgisi bo‘lib xizmat qildi. hozirda mikroprotsessorlar
hamma sinfdagi EhMlarda ishlatilmoqda.
Mikro EhM quyidagilarga bo‘linadi:
– ko‘p foydalaniladigan mikro EhM. Bu kuchli mikro EhM
bo‘lib, u bir nechta videoterminal bilan jihozlangan va vaqtning
bo‘linish rejimida ishlaydi, bu esa ularda birdaniga bir nechta foy-
dalanuvchining samarali ishlashini ta’minlaydi;
– shaxsiy EhM bir odam foydalanadigan mikro EhM bo‘lib,
qo‘llanishda umumiy murojaat qilish va universallik talablarini
qondiradi;
– ishchi stansiyalar hisoblash tarmoqlarida aniq ishlar turini ba-
jarish uchun mo‘ljallangan, bir odam foydalanadigan mikro EhM
ko‘rinishiga egadir;
128
129
– serverlar – hisoblash tarmog‘idagi ko‘p foydalanuvchili kuchli
mikro EhMlar bo‘lib, ular maxsus ish turlarini va tarmoqning bar-
cha stansiyalaridan so‘rovlarni qayta ishlashni bajarish uchun ajra-
tilgan.
Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, nega ki
muammoga mo‘ljallangan dasturlar va apparat ta’minoti bilan ji-
hoz langan kuchli zamonaviy EhM to‘laqonli ishchi stansiya sifati-
da ham, ko‘p foydalanuvchili mikro EhM sifatida ham, yaxshi ser-
ver sifatida ham ishlatilishi mumkin, u o‘zining tavsiflari bo‘yicha
deyarli kichik EhMlardan qolishmaydi.
Shaxsiy EhM yoki, boshqacha aytganda, shaxsiy kompyuter
(ShK), aslida, o‘zi nima?
Qo‘llashning universalligini va umumiy murojaat qilish ta lab-
larini qondirish uchun shaxsiy EhM quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi
kerak:
– ShKning uni sotib oluvchi xaridorlar uchun olsa bo‘ladigan
oraliqlarda joylashgan kam bahosi;
– atrof muhit sharoitlariga maxsus talablar qo‘yilmasdan, av-
tonom ishlatish;
– boshqarish, fan, ta’lim, maishiy xizmat sohasidagi turli xil
qo‘llanishlarga ShK moslashishini ta’minlovchi arxitekturaning
moslashuvchanligi;
– ShK bilan foydalanuvchining maxsus kasbiy tayyorgarligisiz
ishlash imkoniyatini beradigan operatsion tizimning va boshqa das-
turli ta’minotning «do‘stona» munosabatdaligi;
– yuqori ishonchlilik (5000 soatdan ko‘proq buzilmasdan
beto‘xtov ishlay olishi).
Xorijiy ShK orasida, birinchi navbatda, Amerikaning «IBM»
(International Busieness Mashine Corporation) firmasi kompyuter
-
larini ta’kidlash kerak:
– IBM PC XT (Personal Computer extended Technology);
– 80286 (16 toifali) mikroprotsessorlaridagi (MP) IBM PC AT
(Personal Computer Advanced Technology);
– IBM PS/28030-PS/28080 (PS – Personal System, PS/28080
dan boshqa hammasi –16 toifali, PS/28080 esa 32 toifali);
128
129
– IBM PC – 80386 va 80486 (32 toifali) MP dagi;
– IBM PC – Pentium va Pentium Pro (64 toifali) MP dagi.
Amerikaning «Compaq Computer», «Apple» («Macintosh»),
«hewlet Packard» («hP»), «Dell», «DEC» hamda Buyuk Britani-
yaning «Spectrum», «Amstrad», Fransiyaning «Micral», Italiya-
ning «Olivetty», Yaponiyaning «Toshiba», «Panasonic» va «Part-
ner» firmalari ishlab chiqarayotgan shaxsiy kompyuterlar dunyoga
mashhur.
«IBM» firmasining birinchi modellari 1981- yilda paydo
bo‘lgan. «IBM» shaxsiy kompyuterlari va boshqa firmalarning
bunday analoglari hozirgi vaqtda eng ommaviydir. Ommaviyligi
bo‘yicha «Apple» va «DEC» («Digital Equipment Corporation»)
firmalarining ShKlari «IBM» ShKlaridan ancha orqada qoldi, ular
sotilishi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi.
90- yillarning boshlarida kompyuterlarning jahon parki taxmi-
nan 150 mln donani tashkil etdi. Ulardan 90 % idan ortiqrog‘i bu
shaxsiy kompyuterlardir, xususan, IBM PC tipidagi kasbiy ShKlari
10 mln donadan ortiqroq (hamma ShEhMlarning 75 % iga yakini);
«Apple» va «DEC» tipidagi kasbiy ShKlar 5 mln donadan ortiqroq.
hozirgi vaqtda kompyuterlarning soni taxminan uch borobar
ko‘paydi. Xorijda hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha kompyuterlar-
ning eng ko‘p tarqalgan mode li Pentium va Pentium Pro mikro-
protsessorli «IBM PC» komp yuterlari hisoblanadi.
Rossiya elektronikasanoati (MDh mamlakatlari bilan birgalik-
da) «DEC» ShKlari bilan (Elektronika MS–1201 asosida muloqotli
hisoblash komplekslari LD–1 DVK–4, Elektronika–85, Elektroni-
ka–32 va b.) va IBM bilan moslashadigan (ES 1840 – ES 1842, ES
1845, ES 1849, ES 1861, Iskra 1030, Iskra 4816, Neyron I 966 va
b.) kompyuterlarni ishlab chiqardi.
Rossiyaning boshqa tipdagi ShKlari (Agat, Mikrosha, Spektr,
Orbita, BK va b.) o‘zining tavsiflari bo‘yicha yuqorida aytib o‘til-
ganlardan birmuncha pastroqdir.
Hozirgi vaqtda Rossiyadagi ko‘p sonli kompyuter firmalari
chet el elementlaridan, asosan, «IBM» ShKlari bilan ishlaydigan
kompyuterlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmoqdalar.
130
131
Avlodi bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagicha:
– 1- avlod ShK 8 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
– 2- avlod ShK 16 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
– 3- avlod ShK 32 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
– 4- avlod ShK 64 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi.
|