CD ROM
– katta hajmdagi ma’lumot-
larni saqlovchi magnit yuzali moslama.
DVD ROM
– katta hajmdagi ma’lu-
motlarni sonli for matda saqlovchi magnit
yuzali moslama.
71- rasm.
cd rOM.
72- rasm.
dvd rOM.
134
135
CDRW
–
ma’lumotlarni kompakt disklarga yozuvchi va o‘quv-
chi qurilma.
DVDRW
–
ma’lumotlarni sonli formatda kompakt disk larga yo-
zuvchi va o‘quvchi qurilma.
7. 5. shaxsiY KOMpYuterLar va
uLarninG turLari
Axborot-kutubxonalarda, ofislar, firma, davlat muassasalarida
ishlatiladigan kompyuterlar 2 turga bo‘linadi:
– stolga qo‘yiladigan kompyuterlar;
– yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar.
stolga qo‘yiladigan kompyuterlar
ofislarda, axborot-kutubxo
-
na muassasalarida, ishxonalarda ish stoliga o‘rnatiladi. O‘quv yurt-
larida esa o‘quv stollariga joylanadi.
Yon daftarcha shaklidagi kompyuterlar kichkina bo‘lib, ular
ishlash va namoyish uchun ishda va safarlarda foydalanishga qulay.
Kompyuter va qurilmalar ishini maxsus dasturlar amalga oshi-
radi. Bu dasturlar
mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlash-
ga juda qulay. Ular kompyuterning dastur ta’minoti deb ataladi.
Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni operatsion
tizimlar bajaradi. hozir kompyuterlar Windows operatsion dasturi
asosida ishlaydi.
Maxsus amaliy dasturlar kompyuter bajara oladigan barcha
amallarni amalga oshiradi.
ixcham (portativ) kompyuterlar.
Axborot texnologiyalar
davrida kompyutersiz samarali ishlash mumkin bo‘lmagani uchun
barcha sohalarda, shu jumladan, axborot-kutubxona muassasalari-
da ham keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan foydalanish
davr talabi bo‘lib qoldi. O‘zining imkoniyatlari bo‘yicha ixcham
kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir
ko‘rsatkichilari bo‘yicha esa hatto ulardan o‘zib ketadi.
Ixcham kompyuterlardan foydalanib, oddiy klaviaturaga va
134
135
videomonitorga o‘tish mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi
kompyuterga terminal sifatida ulanishi mumkin, ko‘pchilik model-
lari hisoblash tarmog‘iga ulanish imkonini beradi, ularning ba’zilari
esa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog‘iga, hatto radiokanal
bo‘yicha masofadan turib ulanib, o‘z egasining to‘liq erkinligini
ta’minlaydi.
Ixcham ShK shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan sin-
fidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, 2000- yilda
50 % dan ortiq foydalanuvchilar aynan ixcham mashinalarni ish-
latganlar. 2002- yilga kelib bu 85 % ga, 2012- yil 90 % gacha ortdi.
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlar elektr manbayi bilan kichik
o‘lchamli akkumulator orqali avtonom (alohida) ta’minlanadi, le-
kin ular elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ham mum-
kin. Akkumulatordan ta’minlanganida avtonom ishlash muddatini
uzaytirish uchun barcha ixcham kompyuterlar kamaytirilgan ener-
giya iste’moli rejimlariga, masalan,
Standy
va
Sleep
ga ega. Bun-
dan tashqari, ularning hammasi Advanced Power Management
(ARM) spetsifikatsiyasini ta’minlaydi, unda iste’mol qilinadigan
quvvatning boshqarish apparati va dasturli vositalariga qo‘yadigan
talablari ifodalangan. Standy rejimida eng ko‘p energiya iste’mol
qiladigan qurilmalar (vinchester, displeyni yoritish lampasi va b.)
uzib qo‘yiladi, Sleep rejimi energiya iste’molini yanada ko‘proq
tejashni ta’minlaydi: mikroprotsessorning taktli chastotasi mini-
mumgacha kamaytiriladi, ko‘pgina tizim ko‘rsatkichlari energi-
yaga bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yoziladi. Ko‘rsatilgan tadbirlar
shunga olib keladiki, ba’zida akkumulatorning bir marta quvvat-
lanishi ixcham kompyuterning 10 soat va undan ko‘p avtonom ish-
lashiga yetadi.
Videomonitorlar sifatida ularda ko‘proq suyuq kristalli disple-
ylar, kamroq hollarda luminessentli yoki gaz razryadli displeylar
qo‘llaniladi.
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchay-
tirish PCMCIA kartalar deb ataluvchi maxsus tuzilishli platalarni
ulash bilan bajariladi (boshlanishda faqat xotira platasiga mo‘ljal-
136
137
langan Personal Computer Card International As-sociation). Deyar-
li hamma PCMCIA kartalar (hozir ular, odatda, qisqacha PC kar-
talar yoki PC Card deb atalmoqda) Plug @ Play («Ula va o‘yna»)
texnologiyasini qo‘llaydi. Ular qo‘shimcha platalar o‘rnatilganida
ShK uzilishini yoki uning qandaydir qo‘shimcha sozlanishini talab
qilmaydi.
PC Card uchun uch tipdagi gabarit o‘lchamlar belgilangan:
Ture 1, Ture 2 va Ture 3.
Birinchi ikkita tipik o‘lchamlar kengligi 54 mm va uzunligi
85,5 mm bo‘lgan platalarni aniqlaydi, 1-tipning kalinligi 3,3 mm,
2- tipniki esa o‘rtasida 5 mm va chetlarida 3,3 mm. 3- tipdagi PC
Card qalinroq – 10 mm va shuning uchun birinchi ikki tipdagi kar-
talarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan hajmlarga o‘rnatilmaydi.
PC Card modemlar, faks-modemlar, tarmoqli va interfeysli
adapterlar; uyali va peyjingli aloqa nazoratchilari, statik, dinamik
va flesh-xotira; qattiq disklar, tovush kartalari va boshqalar vazi
-
falarini bajaradi.
TeEQQlari bilan bir qatorda, ixcham kompyuterlarda stol-
liga nisbatan yanada intensivroq DEKQ va flesh-xotira platalari
qo‘llanilmoqda, so‘ngisi ixcham ShKlarda ko‘pincha diskli xotira
o‘rnida ishlatiladi.
Klaviatura ko‘pincha ozgina qisqartirilgan: 84–86 ta tugma (stol
usti ShKlarda 101 ta), lekin to‘liq klaviaturani ulash uchun hajm
ham bor; ba’zi bir modellarda klaviatura yig‘iladigan bo‘ladi. Mi-
niatur kompyuterda klaviatura shunchalik kichkinaki, tugmachani
bosish uchun maxsus ko‘rsatkich tayoqcha ishlatiladi.
Grafik axborot manipulatori (ko‘rsatuvchi qurilma) sifatida,
odatda, sichqoncha emas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpad ish-
latiladi.
|