Trekbol
(Treck Ball) – istalgan yo‘nalishda aylanuvchi, 15–20
mm diametrli plastmassa shardir (qo‘zg‘almas o‘rnatilgan, to‘nta-
rib qo‘yilgan sichqonchani eslatadi). Ichiga sozlangan va tashqi
trekbollar ish latiladi. Ichiga sozlangani klaviatura blokida yoki
displeyning yuza tekisligida ekranning yonida joylashishi mumkin.
136
137
Tashqi trekbol lar kompyuterga kabel bilan yoki infrakizil simsiz
kanal bo‘yicha ulanadi.
Trekpoynt
(Track Point) rezina tipli klaviaturadagi max sus egi-
luvchan tugmacha bo‘lib, uning kerakli yo‘nalishga egilishi kur-
sorni displey ekranida siljitadi.
Trekpad
(Treck Pad yoki Touch Pad) uncha katta bo‘lmagan
planshet bo‘lib, klaviatura blokida joylashgan va yupqa plyonka
ostida simlar tarmog‘iga ega. Bu simlar yengil bosilganida bosa-
yotgan obyektning, masalan, barmoqning siljish yo‘nalishini qabul
qiladi. Qabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun ishlatiladi.
Ixcham kompyuterlarda sensorli ekranlar ham qo‘llaniladi, ular-
da ularning yuzasiga tegish kursorning tegishli joyga siljishini yoki
ekranga chiqarilgan menyu bo‘yicha jarayonni tanlashni amalga
oshiradi.
Ko‘tarib yuriladigan ehMlarning asosiy tiplari.
Ko‘tarib
olib yuriladigan kompyuterlar juda rang-barangdir: qo‘pol va
og‘ir (15 kg gacha) ixcham ishchi stansiyalardan to 100 g gacha
og‘irlikdagi miniaturali elektron yozuv kitobchasigacha mavjud.
ixcham ishchi stansiyalar.
Ixcham ishchi stansiyalar – eng quv-
vatli va yirik ko‘tarib yuriladigan ShKdir. U ko‘pincha chamadon
ko‘rinishda tayyorlanadi va «nomadic» – «ko‘chmanchi» nomiga
ega. Ularning tavsiflari qo‘zg‘almas ShK – ishchi stansiyalarning
tavsiflariga o‘xshashdir: ko‘pin cha RISC tipidagi, 300 MHz gacha
taktli chastotali kuchli mikroprotsessorlar, 64 Mbayt gacha sig‘imli
tezkor xotira, gigabaytli diskli yig‘uvchilar, tezkor interfeyslar va
4 Mbaytgacha bo‘lgan videoxotirali videoadapterlar.
Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi stan-
siyalardir, lekin konstruktiv jihatdan ko‘tarib olib yurishga qulay
korpusga yig‘ilgan va barcha ko‘tarib olib yuriladigan ShKlar kabi
VGA sinfidan yuqori bo‘lmagan tekis suyuq kristalli videomoni-
torga egadir. Nomadic, odatda, modemlarga ega va hisoblash
tarmog‘ida ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin.
Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko‘chma taqdimotlar uchun, ay-
niqsa, multimedia vositalari mavjud bo‘lganda, samarali ishlati lishi
138
139
mumkin, lekin ish stolida joyni tejashga imkon berib, qo‘zg‘almas
variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
|