Kompyuterlarning global tarmoqqa ulanishi




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

Kompyuterlarning global tarmoqqa ulanishi.
internet tarmog‘ining tuzilishi. 
Internet o‘z-o‘zini shakllan-
tiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan, uchta 
tarkibiy qismdan tashkil topgan:
– texnik;
– dasturiy;
– axborot. 
Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyu-
terlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va 
boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vosita-
lari majmuyidan tashkil topgan. 
Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) – tar-
moqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yago-
na standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar. 
Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida 


152
153
mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audioyozuv, 
videotasvir, veb sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmua-
sidan tashkil topgan. 
Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi ax-
borot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. 
Internetning keskin rivojlanishi va WWW bo‘ylab sayohatlar-
ning ommaviylashishi shunga olib keldiki, ularni bir xil deb tu-
shuna boshlashdi. Kelinglar, avvalo, shuni hal qilib olaylik. Inter-
net va butun dunyo tarmog‘i bir xil emas. Internet butun dunyo 
kompyu terlar tarmoqlarining to‘plamini belgilaydi. Internet turli 
xil kompyuter xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu – elektron pochta, Use-
net telekonferensiyalari, FTP ma’lumot fayllarini uzatish sistema-
si, Telnet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi 
va Butun Dunyo tapmog‘i – WWW. Demak, WWW Internetning 
faqatgina bir qismidir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda. 
Vebning asosiy rivojlanish pog‘onalaridan biri 1993- yilda 
chiqarilgan Mosaic for Windows brauzer dasturiga to‘g‘ri kela-
di. 2- avlod dasturi Netscape brauzeri bozorda Mosaic for Win-
dowsdan keyin darhol paydo bo‘ldi. Mosaic for Windows World 
Wide Web dunyosi eshigini foydalanuvchilarga biroz ochib bergan 
bo‘lsa, Netscape o‘zining funksional imkoniyatlari bilan bu eshikni 
millionlab foydalanuvchilarga keng ochib yubordi. 
WWW – Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ula-
nish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun Bu-
tun dunyo tarmog‘i
 
butun olam axborotlar ombori – kutubxonaga 
aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWWda ma’lumotlar sahi-
falarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3- yilda yuz mil-
liondan oshib ketdi. Bu sahifalarning egasi kim? Ular yirik korpo-
ratsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashki-
lotlar, jurnal va ro‘znomalar yoki oddiy kishilardir. Bu sahifalarda 
turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. hozirgi kunda WWW axborot 
olishning va tarqatishning eng qulay vositasidir. 
Demak, Internet bu kompyuter tarmoqlari majmuyi bo‘lib, u ning 
ko‘plab imkoniyatlari mavjud.


154
155

Download 17,68 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterlarning global tarmoqqa ulanishi

Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish