• Global tarmoq tushunchasi.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    internet tushunchasi. 
    Internet bu yagona standart asosida faoli-
    yat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi 
    ikki xil talqin qilinadi, ya’ni «International Network» – «Xalqaro 
    tarmoq» va «Interconnected networks» «Tarmoqlararo» degan 
    ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni bir-
    lashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydo-
    niga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. 
    Internet tarmog‘i unga ulangan barcha kompyuterlarning 
    o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Inter-
    net tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali 
    boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masa lan, 
    Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chi qis h, 
    Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga 
    qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok 
    etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mam-
    lakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shax-
    mat o‘ynash mumkin. 
    Global tarmoq tushunchasi. 
    Internet tarmog‘ining asosiy 
    yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro 
    bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i bu global tarmoq 
    vakili hisoblanadi. 
    Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qol-
    may, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham 


    152
    153
    beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita Internetga ulangan 
    bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kom-
    pyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, 
    Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham 
    mavjud bo‘lib, ularni host kompyuterlar (host – asosiy hisoblash 
    mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z 
    manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istal-
    gan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. 
    76- rasm. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish