Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

8. 3. internet tarMOG‘i va
undan fOYdaLanish
Internet o‘zi nima? Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari 
majmuyidir. Internet ko‘pgina imkoniyatlarga ega. Internet im-
koniyatlari bilan to‘laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayo-
hat qilamiz. 
1960- yillardagi G‘arb mojarosidan so‘ng, AQShning ilmiy 
markazlaridan biri bo‘lgan «Rand Corporation» korxonasi, birin-
chi marta butun mamlakatni qamrab oladigan, markazlashmagan 
kompyuter tarmog‘ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga 
oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o‘quv markazlari 
kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markaz-
lashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir 
necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab 
qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni 
ko‘p bo‘lgandagina amalga oshirsa bo‘lar edi. Shunday qilib, Inter-
netga asos solindi. 
1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQShning eng nufuzli tekshirish 
institutlarida joylashgan Arpanet tarmog‘i yaratildi. Boshida olim-
larning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq keyinchalik ular-
ning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo 
shunday tarmoq yaratishning o‘zi katta muvaffaqiyat edi. 70- yil-
larda tarmoq ancha o‘sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xohlagan 
kompyuterni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974- yilda tar-
moqlarni birlashitiruvchi TCP/IP protokoli tu zildi va tarmoqning 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Chunki tarmoqda ixtiyoriy kompyuter-
ni ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 1983- yilda «Arpanet» «Inter-
net» deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir-biri bilan bog‘langan 
kompyuterlar va tarmoqlar to‘plamidan iborat sistemaga aylandi. 
1980-yillar Internetning keskin o‘sish davri bo‘ldi. Kompyuter-
larning markazlashmagan boshqarish tarmog‘i bilan bog‘lanish 
sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoq lari tashkilotchi-
lari AQSh tarmog‘iga ulanishga rozi bo‘lishdi. Internetning butun 


150
151
dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo‘shilishi hisobiga 
bo‘ldi:
– EUNet – Yevropadagi UNIX mashinalari tarmog‘i (1982- yil); 
– EARN – Yevropa O‘quv va ilmiy tekshirish muassasalarining 
tarmog‘i (1983- yil);
– JUNet – Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog‘i (1984- 
yil); 
– JANet – Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog‘i 
(1984- yil).
1980- yillar davomida AQShning eng tanilgan korxonalari 
NS F NET Prinston, Pitteburg, Kaliforniyaning Santa-Barbara uni-
versiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markaz-
larini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQShda «Internet Back-
bone» (Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbit/s tezlikda 
axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. 
Ikki yil ichida Internetning kengayishi va unga bo‘lgan talab-
ning o‘sishi 1988- yili NSFNET tarmog‘ining yangilanishiga va 
uzatish tezligining 1,544 Mbit/s gacha oshishiga sababchi bo‘ldi. 
1987- yili Internetra ulangan kompyuterlar soni 10 000 ta bo‘lgan 
bo‘lsa, 1989-yili 100 000 taga yetdi. 
90- yillar Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr 
bo‘ldi. 1990- yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie 
dasturini ishlab chiqishdi. 1991- yili NSFNET tarmog‘i takomil-
lashtirildi va uzatish tezligi 44 736 mbit/s ga yetdi. Shu yili Bryus ter 
Kaale WAIS dasturini tuzdi, Minnesota universitetida Pol Lindner 
va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher dasturi tuzildi. Bu voqealar-
dan keyin, 1992- yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Ve-
ronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992- yili tarmoqdagi 
kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi. 
Internetning 1990- yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World 
Wide Webhhhr (Butun dunyo tarmog‘i) tuzilishi bo‘ldi. 1990- yil-
ning noyabrida Yevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi 
Tim Berne-Li WWW tarmog‘ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin 
u 1992- yilgacha ishga tushirilmadi. 1993- yilning fevralida NCSA 


150
151
(National Center for Supercomputer Applications, Super kompyu-
terli hisoblash Milliy Markazi) Mosaic dasturining alfa-versiyasini 
tuzdi. 1993- yilning sentabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi 
ishlab chiqarildi va axborot oqimi WWW bo‘yicha 1 % ni tashkil 
qildi. 1993-
 
yilning oktabrida 200 ta WWW server ishga tushirildi. 
Keyingi yillarda Internet va WWW ning rivojlanishi yanada 
tezroq sur’atda kechadi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyu-
terlarning aniq sonini aytish qiyin, chunki u har kuni o‘zgarib tura-
di. O‘rtacha Internet dagi kompyuterlar soni 1995- yilning iyunida 
6,5 million deb hisoblangan va kompyuter larning aksariyati AQSh-
da joylashgan. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish