146
147
borot tarmoqlaridan borgan sari muvaffaqiyat bilan foydalanilmoq-
da va uning qudrati ortib boryapti. har birimizning hayotimizda
Axborot olamining ahamiyati tobora kuchaymoqda.
U olis man-
zillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Ax-
borot kiber olami deb ataluvchi bu soha rivoj topib borayotgani tu-
fayli dunyoning turli millatlari bir-birlari bilan qadrdonlashmoqda.
Chunki mazkur kiber olamda insoniyat tarixida erishilgan barcha
bilimlar jamlangan. Tarix, siyosat, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim
va hokazo sohalarga doir ma’lumotlar dunyoning barcha kishilari
uchun qiziqarlidir. Kiber olam ma’lumotlaridan kompyuter va In-
ternet vositasida dunyoning barcha burchaklaridagi kishilar bema-
lol foydalanishi mumkin. Kompyuter va Internet imkoniyatlaridan
foydalana bilish axborot kiber
olami bilan kengroq tanishish, bah-
ramand bo‘lishga muyassar etadi. Dunyoning istalgan nuqtasi bilan
bir zumda bog‘lanish, muloqot qilish imkonini yaratadi.
Faraz qilaylik, sizga biror ma’lumot zarur bo‘lib qoldi. Bu
ma’lumot sizning ishingiz uchun juda zarur. Uni topish katta mu-
am mo tug‘diradi. Avval hamkasblaringizdan so‘rab ko‘rasiz, keyin
axborot-kutubxonalarga borasiz yoki kitob
do‘konlaridan kitob
qidirasiz. holbuki, kitob sizning
shahringizda yoki mamlakati-
ngizda bo‘lmasligi mumkin. Nima qilasiz? Maxsus markazlarga xat
jo‘natishingiz mumkin. Bu markaz sizga kerak bo‘lgan ma’lumotni
topib, sizga jo‘natadi. Bu ma’lumotni topish uchun markaz ham an-
chagina vaqt va xarajatni sarf qiladi. Nihoyat, siz ma’lumotga ega
bo‘lasiz. holbuki, ma’lumotni olish uchun siz ko‘p vaqt va xarajat
sarf qildingiz. Eng ayanchlisi shundaki, ma’lumotni olganingizda,
u sizga kerak bo‘lmay qoladi. Chunki ma’lumotning bahosi
hozirgi
kunda vaqt bilan o‘lchanadi. Vaqt o‘tishi bilan ma’lumot ma’naviy
eskiradi.
Yoki sizga tanish bo‘lmagan mamlakatga safarga otlandingiz. U
holda sizda ob-havo qanaqa, u yerga qanday boriladi kabi savollar
tug‘ilishi tabiiy. Bu ma’lumotlarni qayerdan olasiz? Bir necha yil
avval bu muammoni hal etish mumkin emas edi. Afsuski, u paytda
kompyuter yo‘q edi.
146
147
Muammolar ma’lumotning yo‘qligidan yuzaga keladi. hozir
bunday muammolar tug‘ilishi mumkin emas. Chunki yordamga
kompyuterlar keldi. Kompyuter haqida ko‘p gapirsa bo‘ladi. Bu-
gun kompyuterlar haqida jajjigina do‘stlarimiz ham bog‘chada
o‘zaro gaplashishadi.
Kompyuter yordamida siz ma’lumotni bir
necha daqiqada
topishingiz mumkin. U ma’lumotni dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan
bir pasda ekraningizda namoyon qiladi. Kompyuter ekranidan du-
nyo axborot olamiga olib kiradi. Istalgan dunyo kutubxonalarining
axborot bazasiga kirish va foydalanish mumkin.
Dunyoning eng oxirgi yangiliklari bilan tanishish, tarix sahi-
falariga sayohat qilish yoki boshqa ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida
olish imkoniyati muvjud.
Buning uchun siz kompyuterning tugmachasini bosishingiz va
sizni qiziqtirayotgan mavzuni tanlashingiz yetarlidir.
Bir necha
daqiqada ma’lumot ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Bu mo‘jizani
eslatadi. Mana shu mo‘jiza