• Kompyuter-yon daftarchalar (notebook) – bu ixcham kom- pyuterlarning eng gurkirab rivojlanayotgan qism sinfidir. 73- rasm. noutbuk.
  • tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar. 
    Ixcham Lap Tor 
    kompyuterlari «tizzada ishlatiladigan» degan ma’noni bildiradi. 
    Uncha katta bo‘lmagan «diplomat» o‘lchamidagi ko‘rinishda tay-
    yorlanadi, ularning og‘irligi, odatda, 5–10 kg oraliqda bo‘ladi. Ap-
    parat va dasturli ta’minoti yaxshi. 
    Kompyuter-yon daftarchalar 
    (notebook) – bu ixcham kom-
    pyuterlarning eng gurkirab rivojlanayotgan qism sinfidir. 
    73- rasm. 
    noutbuk.
    Noutbuk 
    (notebook) mobil ixcham 
    shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning asosiy 
    qismi va monitori birlashgan holda 
    bo‘ladi. Bunday kompyuterlarning 
    ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, 
    kompyuter grafikasi vositalariga ega. 
    Netbuk
    (netbook) Internetdan foyda-
    lanish va ofis dasturlari bilan ishlash 
    uchun mo‘ljallangan kichik komputerdir. 
    Netbuklar ixcham o‘lchamlari, yengil vazni, kam energiya iste’moli
    va nisbatan arzon narxlari bilan ajra lib
    74- rasm. 
    netbuk.
    turadi. 
    Kompyuter-yon daftarchalar (Note-
    book va Sub Notebook, ularni yana 
    «Omni Vook» – «har yerda hozir-u 
    nozir» deb ham atashadi) ShKlarning 
    barcha vazifalarini bajaradi. Tuzili-
    shi jihatdan ular miniatur chamadon-
    cha ko‘rinishda (ba’zida olinadigan 
    qopqoqli), uncha katta bo‘lmagan 
    kitob o‘lchamida (qalinligi 2–5 sm 
    bo‘lgan A4 formatli standart o‘lchamli) tayyorlangan. O‘zining 
    tavsiflari bo‘yicha ko‘p jihatdan Lap Tor bilan mos keladi, ular
    -
    dan faqat o‘lchamlari hamda tezkor va diskli xotiraning birmun-
    cha kichik sig‘imlari bilan farq qiladi (floppi disklar uchun dis
    -


    138
    139
    kovod va vin chester ko‘pincha tashqi bo‘ladi). Vinchester o‘rniga 
    ba’zi modellar, ayniqsa, Sub Notebook orasidagilari (noutbukning 
    kichraytarilgan varianti), 10–20 Mbayt sig‘imli energiyaga bog‘liq 
    bo‘lmagan flash-xotiraga egadir. 
    Kompyuter-yon daftarchalarning ko‘pchilik modellari aloqa 
    kanaliga va mos ravishda hisoblash tarmog‘iga ulanish uchun 
    modemlarga egadir. Ularning ba’zilari boshqa kompyuterlar bilan 
    masofadan turib simsiz ma’lumot almashish uchun radiomodem-
    lar va optoelektron infraqizil portlar bilan jihozlangan. Bu portlar 
    bir necha o‘n metr uzoqlikda va bevosita ko‘rinish chegarasida 
    kompyuterlararo aloqani ta’minlaydi. Aloqaning imkoni borligi 
    kompyu ter ekranida maxsus piktogrammaning paydo bo‘lishi bilan 
    qayd qilinadi. 
    Kompyuter-yon daftarchalar uncha katta bo‘lmagan suyuq, 
    kristalli monoxrom va rangli displeyga ega. 
    Klaviaturasi har doim qisqartirilgan, Track Point va Track Pad 
    tipidagi manipulatori bor. Resurslarning kuchaytirilishi PCMCIA 
    kartalari bilan bajariladi. 
    Noutbuk ta’minoti 3–4 soat davomida avtonom ishlashni ta’min-
    lovchi ixcham akkumulatorlardan amalga oshiriladi (ionlitiyli ak-
    kumulatorlarni ishlatganda esa 12 soatgacha). 
    hozirgi vaqtda noutbukning uchta asosiy ko‘rinishi qaror topdi:
    – boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarcha;
    – yuqori unumli mobil ishchi stansiyalar;
    – ko‘p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar. 
    Boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarchalar shu sinfdagi 
    ixcham kompyuterlarning eng ko‘p tarqalgan klassik variantidir. 
    Bu kategoriyaga 1997- yilda ishlab chiqarilganPentium 133 Mhz 
    gacha MP li, 8 Mbayt gacha sig‘imli tezkor xotirali, 1,08–1,3 Gbayt 
    sig‘imli
     
    vinchesterli, 11,3 displeyli va sozlangan faks-modemli 
    kompyu terlar to‘g‘ri keladi. Bu kategoriyadagi kompyuterlarni ho-
    zirda deyarli barcha asosiy kompyuter ishlab chiqaruvchi firmalari: 
    «IBM», «Toshiba», «hP», «Compaq», «NEC», «Aser» va b. ishlab 
    chiqarmoqda. 


    140
    141
    Notebooklar orasida peshqadami ushbu sinfdagi ShKlar orasida 
    standartni belgilovchi IBM Think Pad modellaridir. Lekin ko‘pgina 
    boshqa firmalarning ham mashhur noutbuk vakillari mavjud. 
    Masalan, «Compaq» firmasining noutbugi: LTE 5000 Pentium 
    MPiga va modulli, TeEQQsini 72 Mbaytgacha kengaytarish im-
    koniyatli yengil modifikatsiyalanadigan tuzilishga, 5,4 Gbayt diskli 
    xotiraga, PCI lokal shinaga ega, 16 soatgacha avtonom ishlashini 
    ta’minlaydigan ikki akkumulatordan ta’minlanadi. 
    Yuqori unumli mobil ishchi stansiyalar ko‘zg‘almas stol usti 
    kom pyuterlari bilan unumdorligi bo‘yicha ham, kengaytarish im-
    koniyati bo‘yicha ham tenglashib, ularni almashtirishga da’vat 
    etilgan. Bu guruhlarning ko‘pchilik zamonaviy modellari 166–200 
    Mhz li Pentium MMX protsessorlari asosida yaratilgan va Pentium 
    MMX MP pay do bo‘lganidan keyin (mo‘ljaldagi nomi Pentium II) 
    birdaniga uning mobil versiyasi – IMMni (Intel Mobil Module) ish-
    latish rejalari belgilanmoqda. IMM MPni va 430 TX to‘plamidan 
    mikrosxemalarni o‘z ichiga oladi hamda 6 × 10 sm o‘lchamli plata 
    ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu guruhning eng ilgari surilgan model-
    lari o‘tkazish qobiliyati 1024 × 768 pikselli, 12,1 va 13,3 dyum 
    kattalikdagi juda ulkan ekranli LCD-displeyi bilan jihozlanishi 
    kutilmoqda (ta’kidlash kerakki, bunday matritsalarning O‘lchami 
    15 dyuymli monitorning ko‘rinish qismining o‘lchamiga tengdir). 
    Ekranning kelgusida 14,2 dyumgacha kattalashtirilishi, bu esa ba’zi 
    bir firmalar tomonidan taxmin qilinmoqda – noutbuk uchun defakt 
    qabul qilingan hozirgi standartda A4 o‘lchamining kattalashishiga 
    olib keladi. 
    Bu kompyuterlar uchun yuqori tezlikli infraqizil portlar, 33,6 
    Kbod tezlikli sozlangan faks-modem va quvvatli interfeys shinala-
    rining borligi urf bo‘lib qolmoqda (bugungi kunda CardBus shinali 
    modellar paydo bo‘ldi. Ular hozirda ixcham kompyuterlar uchun 
    eng ommaviy bo‘lgan PCI shinalariga o‘xshashdir, bu shinalar 
    to‘liq ek ranli video uchun yetarli bo‘lgan 13 Mbod/s gacha alma-
    shish tezligini ta’minlaydi). 


    140
    141
    Bu guruhning kompyuterlari: Toshiba TecraCDT, NEC Versa 
    6050, Aser/TI Trave Mate 6150 va b. 
    Ko‘p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar (Multilaeser Note-
    book – MLN) birinchi ikki tipdagi noutbuknikiga o‘xshash og‘irlik 
    va o‘lchamlarga ega bo‘lib, yuqori unumdorlikni va funksio nal 
    to‘lalikni ta’minlaydi. Bu esa ularning ko‘p qatlamli texnologiyasi 
    hisobiga erishiladi. 
    Bu guruhning birinchi vakili – Twinhead firmasining Note-
    book 7 bo‘lib, u ThinkPad 560 zamonaviy modelining o‘tgan yil-
    lardagi yanada rivojlangan variantidir, u ikki qatlamdan tashkil top-
    gan:
    – 11,3 dyumli displey, 1,3 Gbayt sig‘imli vinchester, 1 Mbayt 
    si gimli TeEQQ, Mobile Pentium 133 MP bazasidagi to‘liq funk-
    sionalli noutbukni tashkil etgan asosiy qatlam;
    – CD-ROM, PCI shinali interfeys, audio kuchaytirgich va audio-
    karnayni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha qatlam. 
    «Notebook 7»ning muhim xossasi uni foydalanuvchining ista-
    gi bo‘yicha moslashuvchan konfiguratsiyalash imkoniyatidir. Bu 
    kompyuterning to‘liq og‘irligi 3 kg dan oshiqroq. Bunday tuzilish-
    ning istiqbolliligi boshqa firmalarni ham («Compaq», «Ase Tech
    -
    nologies», «Fujitsu») shunga o‘xshash modellarini: Compaq Ar-
    mada 4100, Aser/TI TraveMate 900, Solo Slim, Fujitsu LifeBook 
    600 va 6. ishlab chiqarishga undadi. Aslini olganda, qo‘l ostingizda 
    noutbukka ega bo‘lib, siz hamma joyda ish joyingizda ham, uyi-
    ngizda ham, yo‘lda ham zamonaviy ofis kompyuteriga ega bo‘lasiz, 
    bu esa tijoratchi uchun dabdaba emas, balki kerakli buyumdir. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar

    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish