7. 7. eLeKtrOn xOtira daftarchaLari elektron xotira daftarchalari (organizer
– «organayzerlar»)
ixcham kompyuterlarning «yengil toifa»siga tegishlidir (bu toifaga
ulardan tashqari kalkulatorlar, elektron tarjimonlar va b. kiradi);
ularning og‘irligi 200 grammdan oshmaydi. Orga nayzerlar foyda-
lanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, lekin kerakli ma’lumot-
larni yozish va uni tahrirlash mumkin bo‘lgan (ichiga sozlangan
matn muharriri bor) keng sig‘imli xotiraga ega; xotirada ishbilar-
monlik xatlari, bitim matnlari, shartnomalar, kun tartibi va ishbilar-
monlik uchrashuvlarini saqlash mumkin
. Organayzerlarda ichki taymer va ish to‘g‘risida kerakli vaqtda
tovushli eslatish imkoniyati bor. Ruxsat etilmagan murojaatlardan
ma’lumotlarni, odatda, parol bo‘yicha himoya qilish imko niyati
bor.
Kompyuterga ulash uchun hajm va uncha katta bo‘lmagan
mono xrom suyuq kristalli displey bor. Akkumulatordan tok quv-
vatini kam iste’mol qilishi hisobiga zaryadlanmasdan ma’lumot-
larning 5 yilgacha saqlanishini ta’minlaydi. Baxtga qarshi,
ko‘pchilik orga nayzerlar rus tilida dasturlanmagan, dasturni rus-
chaga o‘tkazishning esa imkoni yo‘q.
Nazorat savollari: 1. Davlatimiz tomonidan axborot-kommunikatsion texnologiyalarini
yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab be-
ring.
2. EhMlarning yaratilish tarixi va avlodlarini sanab bering.
3. Axborot-kutubxonalarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning
roli va ahamiyati haqida gapirib bering.
4. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari nimalardan iborat?
5. Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalarini ta’riflang.
6. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlarini aytib bering.
7. Ixcham (portativ) kompyuterlar va ishchi stansiyalar haqida gapirib
bering.
8. Nouybuk va netbuk kompyuter-yon daftarchalari sinflariga izoh
bering.
144
145
9. Cho‘ntak kompyuterlar haqida ma’lumot bering.
10. Elektron kotiblar qanday kompyuterlar turiga kiradi?
11. Elektron xotira daftarchalariga izoh bering.