156
157
Mijoz
– server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi
kompyuter yoki dasturdir. Xuddi server kabi bitta kompyuterda
birdaniga bir nechta mijoz ishlashi (odatda, shunday bo‘ladi) mum-
kin. Masalan, kompyuter fayl – serverning mijozi bo‘lishi (server-
da joylashgan fayllarni ko‘rishi va foydalanishi) mumkin, shu bilan
bir vaqtda, elektron pochta dasturi bilan ishlashi mumkin. Ya’ni bir
necha serverning mijozi bo‘lishi mumkin.
Geparmatn muhiti.
Internetda ma’lumotlar gipermatn yor-
damida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperko‘rsatma yor-
damida tushuntirishdir. Ya’ni matndagi biror so‘z yoki atamani
sharhlashda boshqa matn yoki sahifadan foydalaniladi. Izoh matnli,
grafikli, audio yoki video ma’lumot bo‘lishi mumkin.
urL
(Uniform Resource Locator) Internetga murojaat qilish-
ning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL
manzilidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni
bu manzildagi ma’lumotdan siz boshqa xonadagi yoki, masalan,
Avstraliyadagi hamkasbingiz ham foydalanishi mumkin. Bu –
ma’lumot joylashgan manzilning nomi.
URL quyidagi formatga ega: «bog‘lanish sxemasi»: «bog‘lanish
sxemasi»ga bog‘liq ma’lumot. «Bog‘lanish sxemasi» bu – http, ftp
va gopherlardir.