160
161
mati masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat das-
turlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon alo-
qasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog‘langan kom-
pyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya.
internetdan axborot qidirish tizimlari.
qidiruv tushunchasi.
Internet tarmog‘idagi qidiruv tushun-
chasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli
bo‘lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari
orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida
joylashgan veb saytlar, ularning manzili va ichki ma’lumotlari
bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli
bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini be-
radi.
axborotlarni qidirish.
Internet tarmog‘i shunday bir muhitki
u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborot-
larni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan
ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet
tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek,
rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tash-
kil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning
sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar
bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan
Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga
doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.
Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan
kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib
topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Va
nihoyat, ro‘yxatdagi ma’lumotlar ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli
bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi.