Yanada taraqqiY ettirishninG
tashKiLiY-huquqiY jihatLari
7. 1. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirish-
da mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar.
7. 2. Elektron hisoblash mashinalari va ularning tarixi.
7. 3. Shaxsiy kompyuterlar va ulardan axborot-kutubxonalarda foy-
dalanish.
7. 4. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari.
7. 5. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlari.
7. 6. Elektron kotiblar.
7. 7. Elektron xotira daftarchalari.
Mavzular maqsadi:
axborot-kutubxona muassasalarida hozirgi kun-
da axborot-kommunikatsion texnologiyalarini rivojlantirishda davlatimiz
tomonidan chiqarilayotgan qonun va qarorlar, ularning ahamiyati, EhM-
lar va ularning tarixi shaxsiy kompyuterlar va axborot-kutubxonalarda
ulardan foydalanish kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari
shaxsiy kompyuterlarning turlari stolga qo‘yiladigan va yon daftarcha
shaklidagi turlari «Notebook», elektron kotiblar elektron xotira daftar-
chalari haqida ma’lumot berish ularni ishlash va ishlatish prinsiplari bilan
tanishtirish va mustaqil qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
122
123
7. 1. axbOrOt-KOMMuniKatsiOn
texnOLOGiYaLarni Yanada
rivOjLantirishda MaMaLaKatiMizda
OLib bOriLaYOtGan ishLar
Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositala-
rini rivojlantirish, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquq va
erkinliklarini ta’minlash, sohaga ilg‘or zamonaviy kommunikatsi-
ya texnologiyalarini joriy etish borasida qator ishlar amalga oshi-
rildi va bu jarayon izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo,
bu borada yurtimizda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal
qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta’kidlash joiz.
hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali
uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri
bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani
ta’minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish te-
zligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda.
hukumat tomonidan tele kommunikatsiya tizimlari va axborot
texnologiyala rini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qonun huj-
jatlari va milliy dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilindi va shu asosda
faoliyat olib borilmoqda.
Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi,
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohot-
larni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohan-
ing huquqiy asoslarini shakllantirish va takomillashtirib borishni
taqozo etadi. Shuning uchun ham mam lakatimizda mazkur sohada
samarali huquqiy mexanizmni yaratishga muhim ahamiyat qara-
tilmoqda. Ushbu soha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-
ning rivojla nish istiqbollarini hisobga olib, soha faoliyatini ta-
komillashtirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator me’yoriy-
huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Mamlakat parlamenti tomonidan axborot-kommu nikatsiya tex-
nologiyalarini yanada rivojlantirish, jamiyatni axborotlashtirish,
122
123
shuningdek, axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalarini
tartibga soluvchi «Aloqa to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar
to‘g‘risida», «Ax borotlashtirish to‘g‘risi da», «Elektron raqamli
imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Elektron
tijorat to‘g‘risida», «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot hi-
moyasi to‘g‘risida». «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunlar qabul qilinib, axborot sohasini isloh qilish, ax borot va so‘z
erkinligini ta’minlash borasidagi qonunchilik tashabbuslari ushbu
sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning
uzviy davomi bo‘lib, axbo rot olishning erkin va teng huquqliligi-
ni ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida amalga
oshirish, sohada bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish
va axborot texnologiyalari ni keng joriy etishning mexanizmlarini
yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 23- fevral 2011- yildagi «2011–2015- yillarda Ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxo-
na va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada oshirish to‘g‘risi-
da»gi PQ № 1487- sonli Qarori hozirgi kunda axborot-kutubxona
faoliyatida keyingi 5 yillikda bosqichma-bosqich olib boriladigan
zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq
etish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu Qarorga muvofiq, elektron kutubxona tashkil etish, ax-borot-
resurs markazlarida elektron baza shaklidagi zallar tashkil etish,
elektron fondlarni kengaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash
bosqichlari aniq raqamlar ostida berilgan. Jumladan, A. Navoiy
nomidagi Milliy kutubxona, Aloqa va axborotlashtirish agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat ilmiy meditsina ku-
tubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi, Toshkent axborot tex-
nologiyalari universiteti va San’at va madaniyat institutlari bazasi-
da tashkil etish rejalashtirilganligi qarorda alohida ilova qilinadi.
Bu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respub-
lika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish
to‘g‘risida»gi Qarorini bajarishning uzviy bosqichi bo‘lib hisobla-
nadi.
|