reprOGrafiYa va tezKOr pOLiGrafiYa




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

6. 1. reprOGrafiYa va tezKOr pOLiGrafiYa
Nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish texnika vositalari ax-
borot-kutubxonalarda muhim ahamiyatga ega. Ulardan foydalanib, 
axborot manbalarini ko‘chirish va ko‘paytirish mumkin. 
Axborot materialining bosilishi, uning ko‘plab nusxada ko‘chi-
rilishi axborotni qayta ishlash masalasidagi muhim jarayonlardan 
biridir. Poligrafiya va nusxa ko‘chirish, ularni ko‘paytirish ishlari-
ning tezkorligi natijasida axborot va kutubxonashunoslik xizmati 
yanada yuksaladi. Nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish jarayoni o‘z 
ichiga reprografiya va tezkor poligrafiya usul va vositalarni oladi. 
«Reprografiya» atamasi 1963- yil- oktabrda Germaniyaning 
Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro konferensiyadan so‘ng 
keng qo‘llanila boshlandi. 
Reprografiyaning vazifasi inson ko‘zi bilan oladigan turli ax
-
borotni qayd qilish usuli va vositalarini tashkil etishdan iborat. 
Nusxa ko‘chiruvchi va nusxa ko‘paytirish texnikasi materiallarni 
ko‘paytirish va ko‘chirishga xizmat qiladi. Nusxa ko‘chirish va 
nusxa ko‘paytirish texnik vositalarining afzalligi shundaki, ular 
ma’lum bir axborotni qisqa va aniq vaqt ichida ko‘chiradi. Poligrafi-
ya ishida nusxaning minimal soni 100 ta, reprografiyada 2 nusxa, 
tezkor poligrafiyada esa 30 dan 50 nusxagacha bo‘ladi. 
Kutubxonashunoslik va bibliografiya ishlarida reprografik usul
-
larni qo‘llash 1952–1953- yillardan boshlandi. Ana shu yillardan 
boshlab reprografik kompleks ham ishlatilishi boshlandi. 


98
99
Sobiq sho‘rolar davrida reprografiya vositalarini ishlab chiqa
-
rish, ulardan foydalanish bilan GIPROTIS, VINITI elektrografik 
ilmiy tekshirish instituti, orgtexnika Butunittifoq ilmiy tekshirish 
instituti va boshqa tashkilotlar shug‘ullandilar. Keyinchalik repro-
grafik asbob-uskunalarni ishlab chiqarish MDH mamlakatlarida
yagona kompleks reja asosida olib borildi. Chet ellardagi o‘nlab 
yirik
firmalar yangi reprografik apparatlar va yorug‘likni sezuvchi 
materiallarni yaratish borasida juda ko‘p ilmiy tekshirish ishlarini 
olib bordi. Reprografiya ishining usul va apparatlari 1963–1967- 
yil Kyolnda bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyadan so‘ng yanada 
rivojlanib ketdi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish