• 2-amaliy topshiriq Mavzu: An’anaviy kutubxonada axborot qidiruvini ta’minlash.
  • Bajardi:060-19 guruh talabasi
  • “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi




    Download 19.33 Kb.
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi19.33 Kb.
    #162407
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-AMALIY 060-19 OYGUL
    мустақил иш, МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА, ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (5), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма, Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazi, SKA 060-19 guruh talabasi Djiyanova Zulfiya Ravshan qizi, Kutubxona qo\'llanmasi, Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot – kutubxona muassasalarida o’tkaziladigan ommaviy tadbir-fayllar.org, SKA 062-19 guruh talabasi XODJAKULOVA RUSHANA NABIJONOVNA, Mavzu Rahbar faoliyatining, Aliqulova Marjona Ravshanbek qizi 060-19, 060-19 Qodirov Tajimurod Xudoyberdiyevich, 1507561542 69163

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi


    Axborot qidiruv tizimlari fanidan

    2-amaliy topshiriq

    Mavzu: An’anaviy kutubxonada axborot qidiruvini ta’minlash.














    Bajardi:060-19 guruh talabasi

    Polvanova Oygul Mamatsalayevna

    Qabul qildi: Raxmatullayev M. A




    Toshkent – 2024

    Mavzu: An’anaviy kutubxonada axborot qidiruvini ta’minlash.


    Kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini taraqqiyot va istiqbolini aniqlashda shuni xisobga olish kerakki, ushbu xizmatining an’anaviy shakllari yangi, ixtisoslashtirilgan xizmat turlari bilan to‘ldirib boriladi va doimo raqobatda bo‘ladi. Axborot-kutubxona xizmatining asosiy vazifalaridan biri axolining barcha qatlamini keng qamrab olishidan iborat. Shuningdek kutubxonalarda turli xil kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish muammosi ham asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.


    Kitobxonlarni o‘qishga, kutubxonaga jalb etishning unumli, samaraliyo‘llarini ishlab chiqish vazifasi ham axborot-kutubxona xizmatining muxim ishlaridan biridir. Bundan tashqari kutubxonalar, axborot-resurs markazlarini hamda axborot-kutubxona markazlarining kitobxonlarni ilmiy va umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish, ta’lim va tarbiyalash, bilim berish, axborotlar bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishdek murakkab vazifasi - axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni aniq, puxta tashkil etishni talab qiladi. Kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish o‘ziga xos jarayon bo‘lib – bu kutubxonada kitobxonlar talabini bevosita bajarishdir. Qolgan barcha jarayonlar kitobxonlar so‘rog‘ini to‘la bajarish, kitobxonlar qiziqishini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. “Axborot-kutubxona xizmati” tushunchasi iste’molchilarning adabiyotlarga va axborotga bo‘lgan talablarini to‘la va har tomonlama bajarish maqsadida tashkil etilgan o‘zaro bog‘liq va muvofiqlashgan usullarning yig‘indisini anglatadi. Buning asosida kitobxonlarni kutubxonaga jalb etish, qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, axborot berish tizimini rivojlantirish, kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlash va adabiyotlarni targ‘ib qilish amalga oshiriladi. Axborot-kutubxona xizmati tizimi turli xildagi kutubxonalarini kitobxonlar tarkibiga, kitob fondining mazmuniga, kutubxonalarning moddiy-texnika bazasiga bog‘liq holda tashkil etiladi. Bu tizim kutubxonalar tarmog‘i tashkil etilgan dastlabki yillardanoq shakllanadi va rivojlanib boradi. Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimi stasionar, nostasionar va mustaqil xizmat ko‘rsatish shakllaridan iborat. Stasionar xizmat ko‘rsatish shakllariga bevosita kutubxonaning o‘zida xizmat ko‘rsatuvchi usullar kiradi: abonament, o‘quv zallari.
    Abonament va o‘quv zallari ish ko‘lamiga ko‘ra, kitobxonlar soni, ularga xizmat ko‘rsatish mazmuni, kitob berilishiga ko‘ra asosiy xizmat ko‘rsatish xisoblanadi. Stasionar shakllarga kutubxonalar tajribasida qo‘llanilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ham kiradi. Nota-musiqa bo‘limi, chet el adabiyotlar bo‘limi, qishloq xo‘jaligi xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi, ilmiy-texnika axboroti bo‘limi va boshqalar. Bu bo‘limlar tor mutaxassislik bo‘yicha kitobxonlarga har tomonlama xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Stasionar shakllarda xizmat ko‘rsatish kutubxonaning asosiy kitob fondiga asoslanadi va kitobxonlarga uyga kitob berish bilan va bevosita kutubxonaning o‘zida o‘quv zallarida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu yerda kitobxonlar o‘qish madaniyatini tarbiyalash, kitobxonda adabiyot tanlash ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlar bilan har tomonlama va mazmunli ish olib borish imkoni yaratilgan.. Abonoment- uyga kitob berishni tashkil qiluvchi kutubxonaning asosiy bo‘limi, kitob fondining xajmi va tarkibiga ko‘ra, kitobxonlar soni va ular bilan ishlashning mazmuniga ko‘ra xizmat ko‘rsatishning asosiy bosh bo‘g‘ini.
    O‘quv zali yordamchi kitob fondiga ega bo‘lgan va kitob o‘qish uchun alohida bino (xonaga) ega kutubxonaning bo‘limi. Bu yerda kitobxonlarga uyga berilmaydigan noyob va qimmatbaho matbuot asarlari, kutubxona oladigan barcha vaqtli matbuot nashrlari, ma’lumot nashrlari va umumiy kutubxona fondisi bilan xizmat ko‘rsatiladi. Kitobxon o‘quv zalida kitob mutolaa qilish bilan birga bibliografik ma’lumot va barcha maslahat turlaridan foydalanishi mumkin. O‘quv zalida kitob bilan ishlash uchun kitobxonga katta imkoniyat yaratiladi: xonalar yorug‘, qulay, tinch va zarur texnika vositalari bilan jihozlangan bo‘ladi

    Download 19.33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi

    Download 19.33 Kb.