• Xayitboyeva Fotima Zokirjon qizi
  • Kalit so‘zlar
  • “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
  • Axborot texnologiya fanining mazmuni va shakllari




    Download 374.43 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana04.03.2024
    Hajmi374.43 Kb.
    #166305
    Bog'liq
    umumiy-o-rta-ta-lim-maktablarida-informatika-va-axborot-texnologiya-fanining-mazmuni-va-shakllari
    Korporativ huqiq hám isbilermenlik tiykarlari páninen juwmaqlaushi, дата, n.xudayberganov sh.hasanov til va madaniyat, Akademiya huquqshunoslik Muxamedov????????????????????????????????????, 4000 Essential English Words 1, BEGINNER VOCABULARY BOOK, 7-sinf Tarix monitoring test, Tasdiqlayman” “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi mudiri-fayllar.org, CHET EL MAQOLASI VA UNING TARJIMASI, Ахмедова С, KIYIM ISH CHIQ 2


    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
    mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
     
    32 
    UMUMIY O‘RTA TA`LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA VA 
    AXBOROT TEXNOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA SHAKLLARI 
    Xayitboyeva Oysha Zokirjon qizi 
    UrDU huzuridagi fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashgan 
    maktabning informatika fani o‘qituvchisi 
    Xayitboyeva Fotima Zokirjon qizi 
    UrDU huzuridagi fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashgan 
    maktabning informatika fani o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7386960
    Anotatsiya: Ushbu maqolada o‘rta ta`lim maktablarida informatika va axborot 
    texnologiya fanini o‘qitilishi, mazmuni va shakllari haqida ma`lumot berilgan. 
    Shuningdek bu maqolada informatika va axborot texnologiya fanini chuqur o‘rganish 
    hamda o‘quvchilarni bilimini oshirish usullari bayon etilgan. 
    Kalit so‘zlar: axborot, texnologiyalar,kompyuter, individual, guruhli, frontal, 
    noa’anaviy, guruh, bilim, ko‘nikma, malaka. 
    XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri ekanligi barchamizga ma’lum, 
    bu asrda savodxon kishi bo‘lish uchun avvalo kompyuter savodxoni bo‘lish, axborot 
    texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada 
    ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun 
    axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda 
    ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli zamonaviy kompyuterlarni 
    boshqara olish malakasiga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fanining birinchi va muhim 
    vazifalaridan biri o‘quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir. 
    O‘qitish shakli va usuli yosh o‘quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini 
    rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Informatika fanining boshqa fanlarga 
    o‘xshamasligi o‘quvchilarda yoqimli o‘yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z 


    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
    mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
     
    33 
    ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar 
    kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o‘z tajribalariga 
    tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rganadilar. 
    Informatika kursining asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni kompyuter 
    yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o‘zining ijodiy 
    rejalarini hayotda tadbiq etishga o‘rgatish. Informatika o‘qitishda ta’lim berishning 
    tashkiliy shakllari alohida o‘rinni egallaydi. O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda 
    o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘llari tushuniladi. 
    O‘qitishning tashkiliy shakllari o‘quvchilar soni, o‘qitish joyi va boshqalar 
    bo‘yicha tasniflanadi. O‘qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
    • Individual; 
    • Guruhli; 
    • Frontal. 
    Informatikadan mustaqil ishlar bajarish o‘quvchilarning individual faoliyatini 
    nazarda tutuvchi shakllardan biri hisoblanadi. 
    Kompyuterlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish guruh bo‘lib ishlashni talab 
    etadi. Ma’ruza tariqasida darslarni olib borish o‘qitishning frontal shakllariga misol 
    bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar o‘qitishning guruhli shaklini o‘quvchilar 
    orasidagi salbiy munosabatlarning oldiniolishning samarali vositasi ekanligini 
    ko‘rsatmoqda. 
    O‘qitishning guruhli shaklida kichik guruhchalarga bo‘lib o‘qitish alohida 
    ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil qilishda o‘quvchilarni bir-biriga 
    yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni yo‘lga qo‘yish kerak. O‘quvchilar o‘rnini 
    noa’anaviy holda bunday joylashtirish guruhchalarda muhokamali masalalarni hal 
    qilish imkonini beradi. 
    Xulosa qilib aytganda o‘qish - bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash 
    jarayonidir. O‘quvchilar o‘qish jarayonida bilim ko‘nikma va malakalarni egallab 
    oladilar. Bilimlarda obektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Bilimlarni 
    o‘zlashtirish faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni o‘rganishni nazarda tutadi. 


    “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
    mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
     
    34 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. S.S.G‘ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. – 
    «Sharq» - 2000 yil. 
    2. S.P.Allayorov va boshqalar «Kompyuter ta’limi asoslari», Guliston, 2004 y. 
    3. D.Sobirov, K.A.Iskandarov. Informatika fani darslarida kompetentsiyaviy 
    yondoshuvga asoslangan ta’lim// Molodoy ucheniy. 

    Download 374.43 Kb.




    Download 374.43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiya fanining mazmuni va shakllari

    Download 374.43 Kb.
    Pdf ko'rish