55
Ba’zi videokonferensiya aloqa tizimlari videokonferensiya
jarayonida
qatnashchilarga jonli video va taqdimotlarni translyatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi
(
streaming
).
Videokonferensiya aloqa tizimlarini boshqarish
Tizim ma’muri (
Adminstrator
) videokonferensiya tashkil etish uchun
ishlatiladigan tarmoqning o‘tkazuvchanligini boshqarishi mumkin. Masalan,
videokonferensiya jarayonida chegarani o‘rnatish mumkin. Videokonferensiya
jarayonida qo‘yilgan chegaradagi ulanishlar amalga oshirilib bo‘lgandan so‘ng,
ma’mur ulanish so‘rovlarini bajarishni to‘xtatadi.
Shunday qilib, taqsimlangan
tarmoqning o‘tkazuvchanligi ma’lum bir belgilangan qiymat bilan chegaralanadi.
Tarmoqning qolgan trafik o‘tkazuvchanligi elektron pochta,
fayl server va boshqa
tarmoq xizmatlari uchun ishlatiladi. Videokonferensiya aloqa tizimlarini boshqarish,
monitoring va diagnostika qilish web interfeys orqali masofadan turib ishlashi uchun
tarmoq ma’muriga taqdim etiladi.
Videokonferensiya aloqa sifati
Videoasvir sifatini belgilovchi asosiy omillar quyidagilar sanaladi:
• Dasturiy ta’minot va qurilmalar sifati (kodek va video server);
• Kompyuter tarmog‘ining yuqori o‘tkazuvchanligi.
Videoaloqa bir abonentdan ikkinchisiga uzatiladigan tasvir va tovush
signallarini diskretizatsiya va kompressiya (siqish) jarayonlari asosida amalga
oshiriladi. Videotasvirni uzatish va qabul qilish juda katta
tarmoq trafigini hosil
qiladi. Ko‘p dasturiy ta’minotlarda ushbu tarmoq trafigini to‘liq hajmda uzatishga
talab bo‘lmaydi. Sababi kodek diskret video trafik qiymatlarini yuboradi, Ya’ni bir
soniyaning
bir qismini tashkil etadigan, ma’lum vaqt oralig‘idagi video signalning
oniy qiymatlari yuboradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, videotasvir
oqimini siqilish
evaziga yanada optimallashga erishiladi. Siqish jarayonida videotasvirlarning
keraksiz (kadrlarning bir xil tasvirlarga ega bo‘lgan qismlari) Ya’ni o‘zgarmas qismi
olib tashlanadi. Masalan, odatdagi videoaloqa xonasidagi orqa fon tasviri kamdan-
kam holatlarda o‘zgarib
turishi sababli, videotasvirning shu fonga bog‘liq qismini
qayta-qayta uzatishga hojat bo‘lmaydi. Shunday qilib, videotasvirda takrorlanadigan
ma’lumotni uzatish uchun ketadigan tarmoq o‘tkazuvchanligining tejalishiga
erishiladi. Videokodek videotasvirlarni o‘zgarmas yoki harakatlanuvchi oby’ektlar
ekanligiga qarab qatnashchilarga uzatilishi yoki uzatilmasligini amalga oshiriladi.
Videokonferensiya jarayonida videotasvirdagi oby’ektlarining
doimiy harakatlanishi
tufayli kodek doimiy ravishda katta miqdordagi videoma’lumotlarni qayta ishlashga
to‘g‘ri keladi. Sifatli kodek harakatni to‘liq va sifatli aks ettira oladi. Bundan tashqari,
kodek monitordagi tasvirning yangilanish tezligini aniqlaydi,
bu sekundiga ekran
yangilanishlari (kadrlar) soni bilan o‘lchanadi. Eng maqbul tezlik - soniyaga 30
kadrni (
30 fps
) tashkil etadi.
56
Sifatli audio (akustika) videokonferensiyaning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun
juda muhim ko‘rsatgich hisoblanadi. Ovoz tizimi turli xil elementlardan tashkil
topgan bo‘ladi. Bularga mikrofonda yuzaga keladigan aks sado (shovqin)larni
kamaytirish tizimi, audio va video signallar uchun
ajratilgan diapazonlarni
muvozanatlash tizimi va karnaylar kiradi. Umuman videokonferensiya aloqa
tizimlarida bo‘lgani kabi, audio tizimlar ham xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishi
kerak. Ya’ni turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli videokonferensiya aloqa
yechimlaridan foydalanganda ham tizim yuqori sifatli videoaloqani ta’minlanishi
kerak bo‘ladi.