60
Oʼz navbatida ushbu yechim o‘zining afzalliklari bilan birga,
bir necha
kamchiliklarga ham ega sanaladi. Bu kamchiliklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Videotasvirning sifati pastligida (past aniqlik va past kadr tezligi);
2.
Videokonferensiya
rejimidan
foydalanilganda,
sifatning
keskin
yomonlashishi yoki pasayishida;
3.
Qurilmaga videotasvirni qayta ishlashi uchun juda katta yuklamani yuzaga
keltiradi. Bu jarayonda kompyuter protsessorini parallel ishlashini qo‘llab-
quvvatlashi kerak bo‘ladi. Bu esa telefon yoki planshetdan foydalanishda
noqulaylikni yuzaga keltiradi;
4.
Guruh a’zolari birgalikda qatnashadigan videokonferensiyalarni to‘liq
uzatishning imkonini yo‘qligi.
Shaxsiy kompyuter, noutbuk va boshqa shaxsiy
qurilmalarning kamerasi xonadagi barcha videokonferensiya qatnashchilarini qamrab
olishning texnik imkoniyatining yo‘qligi.