61
Ixtisoslashtirilgan maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan
yechimlar videokamera
ovozni eshitilish joyiga qarab avtomatik ravishda yo‘nalishni o‘zgarishni qo‘llab-
quvvatlamaydi. Qo‘shimcha kameralarni ulashga va videotasvirlarni bir nechta
displeylarda namoyish etishga imkon bermaydi. Shuningdek ovoz
tizimidagi exo va
shovqinlarni avtomatik kamaytirish hamda boshqaruv tizimlari konferens-zallarni
yuqori sifatda tashkil etishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Videokonferensiya aloqa uchun
ixtisoslashtirilgan maxsus dasturiy yechimdan foydalanish 3.2 rasmda keltirilgan.
Ixtisoslashtirilgan maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan yechimlar operatsion
tizim va protsessor tezligiga bog‘liq bo‘lsa, videoaloqaning
ishonchliligi va
barqarorligiga jiddiy salbiy ta’sir qiladi. O‘z navbatida,
videoaloqaning apparat-
dasturiy yechimlari bugungi kunda xizmat safarini kamaytirish,
muassasa rahbarlari
ishtirok etadigan uchrashuvlar, masofadan o‘tkaziladigan
webseminarlar va boshqa
shunga o‘xshash masalalarni samarali yechimi sifatida ishlatilib kelinmoqda.