73
Televizion tizimlar xuddi shunday qabul qiluvchi va uzatuvchi prinsipi asosida
ishlaydi. Ularning aksariyati xabarni yuqori sifatli uzatish
uchun raqamli signaldan
foydalanadilar.
Global telekommunikatsiya tizimlari
Global telekommunikatsiya tizimlari
- bu sayyoradagi
fizik joylashuvidan
qat’iy nazar, foydalanuvchilarni o‘zaro bog‘laydigan qurilma va dasturiy ta’minotlar
yig‘indisidir. Global tarmoqlarning asosiy xususiyati - bu intellektualizatsiya bo‘lib, u
tarmoq imkoniyatlaridan optimal samaradorlik bilan foydalanishni osonlashtiradi, shu
bilan birga uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtiradi.
Global tarmoqlarning bir necha asosiy turlari mavjud. 4.7-rasmda Global
telekommunikatsiya tizimlarining umumiy ko‘rinishi keltirilgan.
Integratsiyalashgan
modullarga
ega
raqamli
tarmoqlarda
uzluksiz
kommutatsiya qo‘llaniladi, ma’lumotlar oqimlari raqamli shaklda qayta ishlanadi.
Tarmoq foydalanuvchilari faqat ba’zi funksiyalarga
kirish huquqiga ega, tarmoqqa
ulanishning turli interfeyslar o‘z-o‘zidan texnik parametrlarni o‘zgartirishga
imkon
bermaydi.
4.7-rasm. Global telekommunikatsiya tizimlarining umumiy ko‘rinishi.
X25
standartidagi tarmoqlar cheksiz ko‘p foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot
uzatish uchun foydalanilgan eng birinchi tasdiqlangan ishonchli texnologiyadir.
Ushbu texnologiya asosida ishlaydigan tarmoqlarning asosiy farqi “
paketlar
”ni
tezkor uzatish uchun uzatiladigan ma’lumotlarning alohida bloklarini “
yig‘ish
” uchun
qurilmaning ishlab chiqilganidir. Ma’lumotlarni asinxron uzatish - bu optik tolali
kabellarga asoslangan keng polosali tarmoqlar uchun
ishlatiladigan zamonaviy