Videokonferensiya xonasi uchun qurilmalar




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

Videokonferensiya xonasi uchun qurilmalar 
Har 
qanday 
videokonferensiya 
aloqa 
tizimlari 
singari, 
guruhli 
videokonferensiya aloqa vositalarini o‘rnatish va foydalanish jarayoni ham aloxida 
bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. 
Agar videokonferensiya aloqa tizimi ma’muriy videoaloqa tizimi vositalarini 
tanlashda va videokonferensiya uchun xonani loyihalashda hamda uskunalarni 
o‘rnatish jarayonida ishtirok etsa, tizimdan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish uchun 
to‘g‘ri yechim hisoblanadi. Videokonferensiya xonasini loyihalash va jihozlash 


66 
uchun mutaxassislarni jalb qilish har doim ham iqtisodiy jihatdan samarali 
hisoblanmaydi. Ularning xizmatlari ba’zan sotib olingan uskunalar narxidan 
qimmatga tushishi mumkin. 
 
3.10-rasm. LCD displeyga ulangan universal qurilmaning ko‘rinishi. 
Ishlab chiqaruvchilar har doim yuqori sifatli videoaloqa tizimlarni 
rivojlantirishga va ishlab chiqarishni soddalashtirishga harakat qilishmoqda. 
Videokonferensiya aloqa vositalarining maxsus dasturlari va qurilmalarini turli xil 
platformalar va operatsion tizimlarga moslashtirilgan talqinlarini ishlab chiqilishi 
bugungi kunda keng ommalashmoqda. Videokonferensiya xonasi uchun kerakli 
qurilmalar 3.11-rasmda keltirilgan.
 
3.11-rasm. Videokonferensiya xonasi uchun kerakli qurilmalar.
 
Videokonferensiya aloqaning maxsus qurilmalari bir vaqtning o‘zida bir nechta 
ulanish usullarini qo‘llab quvvatlashi kerak. Videokonferensiya aloqaning maxsus 
apparat-dasturiy vositalari adapter yordamida turli xil interfeyslar orqali ulanishlarni 
qo‘llab quvvatlaydi (
Polycom Studio X50
videokonferensiya aloqa apparat-dasturiy 
vositasiga 
USB-A

USB-C
interfeysi, shuningdek 
Bluetooth
yoki 
Wi-Fi
tarmog‘i 
orqali qurilmaga ulanish mumkin). 
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan videokonferensiya aloqaning professional 
yechimlari videokonferensiya tashkil etish imkonini beradigan mashhur dasturiy 


67 
yechimlarni qo‘llab-quvvatlaydi (masalan, 
Microsoft Skype for Business, Zoom
va 
boshqalar). 
Bundan tashqari ko‘plab videokonferensiya aloqa vositalarini ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining mashhur videokonferensiya aloqa uchun 
mo‘ljallangan maxsus dasturiy yechimlarini ishlab chiqmoqdalar. Ushbu dasturiy 
yechimlar videokonferensiya aloqa jarayonini rejalashtirish, boshqarish, tahlil qilish 
va boshqa ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. 3.12 va 3.13-rasmlarda 
Poly kompaniyasining videokonferensiya aloqasi uchun xizmat qiluvchi qurilmalar 
keltirilgan.

Download 13,06 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Videokonferensiya xonasi uchun qurilmalar

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish