• Shaxsiy videokonferensiya aloqani tashkil etish
  • Professional videokonferensiya aloqa uchun qurilmalar




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Professional videokonferensiya aloqa uchun qurilmalar 
    Zamonaviy videokonferensiya aloqa tizimi quyidagi apparat va dasturiy 
    ta’minotni o‘z ichiga oladi: 

    Videokonferensiya aloqa uchun modul (kamera yoki konferens-telefonga 
    o‘rnatilishi mumkin) foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatiladi va videoaloqani ta’minlab 
    beradi. Modul tarkibida videotasvir va audioni kodlash/dekodlash vazifasini 
    bajaradigan kodek; 

    Video va audio ma’lumotlarni namoyish etish uchun vositalar - plazmali yoki 
    suyuq kristalli panellar, monitorlar, televizorlar, proyektorlar, ovoz kuchaytirgichlar, 
    audio karnaylar va boshqalar; 

    Qo‘shimcha 
    qurilmalar 
    (kameralar, 
    interaktiv 
    doska, 
    audiovizual 
    ma’lumotlarni namoyish etish va yozib olish, xonaning ovoz tizimi, qo‘shimcha 
    yoritish uskunalari, videokonferensiyani boshqarish bloki); 

    Qurilmalar 
    uchun 
    maxsus 
    dasturiy 
    ta’minotlar (videokonferensiyani 
    rejalashtirish va tashkil etish, ma’lumotlar, matnli va grafik hujjatlar bilan birgalikda 
    ishlash imkoniga ega bo‘lishi kerak). Professional videokonferensiya tashkil etish 
    uchun qurilmalar to‘plami 3.4-rasmda keltirilgan.
     
     
    3.4-rasm. Professional videokonferensiya tashkil etish uchun qurilmalar to‘plami. 


    62 
    Shaxsiy videokonferensiya aloqani tashkil etish 
    Shaxsiy videokonferensiya aloqa tizimlari - bu yagona shaxsga mo‘ljallangan 
    videoaloqa qurilmalar to‘plami hisoblanib, funksionalligi va quvvati bitta 
    foydalanuvchiga yuqori sifatli, ishonchli videoaloqani ta’minlashga yetarli 
    hisoblanadi. 
     
    3.5-rasm. Shaxsiy videokonferensiya aloqani ta’minlash uchun yechim. 
    Shaxsiy videokonferensiya aloqa tashkil etishning turli xil texnik yechimlari 
    mavjud, ammo hozirgi kunda eng ommabop ko‘rinishi kompyuter yoki noutbuk 
    bo‘lib, ularga qo‘shimcha ulanadigan qurilmalar sifatida webkamera va quloqchin 
    (naushnik) boʼlib qolmoqda. 
    Bundan tashqari, smartfon yordamida amalga oshirilayotgan videokonferensiya 
    aloqa tobora ommalashib bormoqda. Sababi muvaffaqiyatli videokonferensiya aloqa 
    uchun hozirgi qurilmalarning texnik imkoniyati yetarli sanaladi. Hozirda kunda 
    yuqori o‘tkazuvchanlikka ega barqaror ishlaydigan Internet tarmog‘ini ta’minlashi va 
    videoaloqani amalga oshiruvchi maxsus dasturlarini intellektuallashishi videotasvir 
    sifatini avtomatik optimallashtirish xususiyatiga ega bo‘ldi. Agar videoaloqa vaqtida 
    tarmoqning o‘tkazuvchanligi pasayishi kuzatilsa, aloqa seansini uzmaslik uchun 
    ixtisoslashgan maxsus dasturlar videotasvirning sifatini sezilarli darajada pasaytiradi, 
    ammo audioning esa yuqori sifatda saqlanib qoladi. Shaxsiy videokonferensiya 
    aloqani ta’minlash uchun yechim 3.5-rasmda keltirilgan. 

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professional videokonferensiya aloqa uchun qurilmalar

    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish