57
3-MASHG‘ULOT. A1.
Mavzu: Uy va ofis ishlarida videokonferensiya tashkil etish uchun apparat
va dasturiy yechimlarni tanlash
Reja:
1.
Uy va ofis ishlarida videokonferensiya tizimlaridan foydalanishning
afzalliklari.
2.
Videokonferensiya uchun apparat va dasturiy yechimlarni tanlash.
3.
Ishlab chiqaruvchilardan videokonferensiya aloqa uchun tayyor yechimlar.
1. Uy va ofis ishlarida videokonferensiya tizimlaridan foydalanishning
afzalliklari
Psixologlarning tadqiqotlariga koʼra, insonlar mobil telefon orqali amalga
oshirilgan suhbat davomida axborotning oʼrtacha 20% qismini,
yuzma-yuz muloqot
vaqtida axborotning - 80% qismini, videoaloqa orqali amalga oshirilgan muloqot
davomida axborotning - 60% qismini eslab qolish imkoniyatiga ega ekan.
Yaʼni suhbatdoshlarning ovozli aloqa kanali orqali muloqotiga vizualizatsiya
(imo-ishoralar, yuz ifodalari va boshqalar) qoʼshilsa, u holda suhbatdoshlar o‘rtasida
almashilgan axborotni eslab qolishning samaradorligi yanada oshadi.
Psixofiziologik tadqiqotlardan koʼrinib
turibdiki, videoaloqa yuzma-yuz
amalga oshirilgan muloqotga juda yaqin hamda telefon tarmog‘i orqali amalga
oshirilgan muloqotdan samaradorligi ancha yuqori hisoblanadi. Biroq, videoaloqadan
samarali foydalanishni taʼminlash jarayonida faqat ikkita
suhbatdoshni bir-birini
koʼrishi va eshitishi ishtirokchilar soni jihatidan yetarli ko‘rsatgich emas. Uch yoki
undan ortiq ishtirokchilar bilan konferensiyalarni tashkil qilish, ular bilan qoʼshimcha
maʼlumotlar (taqdimot, hujjat, qoʼshimcha videokameralardan olingan tasvirlar va
boshqalar) almashish imkoniyatiga ega boʼlishi kerak.
Ushbu imkoniyatlarni
taʼminlaydigan videoaloqa rejimi – videokonferensiya hisoblanadi. Video, ovoz va
maʼlumotlarni bir vaqtning oʼzida uzatish texnologiyasi esa videokonferensiya aloqa
deb ataladi.
Videoaloqa texnologiyasi bugungi kunda butun dunyoda biznes jarayonlari
boshqaruvini optimallashtirishning
samarali vositasi hisoblanib, shu bilan birga
xizmat safarlarining sonini kamaytirish, ko‘ngilochar xizmatlarni
tashkil etish va
transport xarajatlarini tejashga qaratilgan.
58
3.1-rasm. Ofis ishlarida foydalanishga mo‘ljallangan videokonferensiya aloqaning
apparat-dasturiy yechimi.
Hozirgi kunda videokonferensiya aloqadan foydalanish bir necha o‘n yil
avvalgidek qimmat texnologik yechim bo‘lmay qoldi. Ofis ishlarida foydalanishga
mo‘ljallangan videokonferensiya aloqaning apparat-dasturiy yechimi 3.1-rasmda
keltirilgan.