Guruhli videokonferensiya aloqani tashkil etish




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

Guruhli videokonferensiya aloqani tashkil etish 
Bir nechta masofada joylashgan guruh a’zolari ishtirok etadigan 
videokonferensiyalar jarayonida, har bir guruhlarning tarkibida 2 va undan ortiq 
ishtirokchilar qatnashishi mumkin. 
Guruhli videokonferensiya aloqa vositalari odatda alohida xonalarda, masalan, 
yig‘ilish yoki konferensiya zallarga o‘rnatiladi. Guruhli videokonferensiya aloqa 
vositalarining ajralmas tashkil etuvchisi - bu katta plazmali 
LCD
televizor yoki 
videokonferensiya ishtirokchilarini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan proyektor 
hisoblanadi. Guruhli videokonferensiya aloqa jarayoni 3.6-rasmda keltirilgan. 


63 
3.6-rasm. Guruhli videokonferensiya jarayoni. 
Guruhli videokonferensiyaning asosiy maqsadi masofada joylashgan 
suhbatdosh insonlar guruhiga qulay videoaloqani taʼminlash hisoblanadi. Umuman 
olganda, videokonferensiya aloqaning ushbu yechimi ikkita vazifani hal qilishga 
mo‘ljallangan: 
1. Videokonferensiya ishtirokchilarining baʼzilarini videotasvirlarini (ovoz 
bilan birga) boshqalarga uzatish; 
2. Bir yoki bir nechta displeylarda (monitorlarda) videotasvirni namoyish qilish 
va displey karnaylariga yoki qoʼshimcha audio tizimlarda ovoz chiqishini ta’minlash. 
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishda guruhli videokonferensiya aloqa 
tizimi audio va video maʼlumotlarini real vaqt rejimida qayta ishlashi uchun katta 
texnik imkoniyatga ega boʼlishi kerak (HD sifatidagi uzatiladigan videotasvirlar 
uchun). Shu sababli ushbu texnik vositalar murakkab va qimmat apparat-dasturiy 
yechimlar hisoblanadi. 
Videokonferensiya aloqa yechimlarini boshlang‘ich darajadagi va biznes-klass 
(professional) darajadagi videokonferensiya aloqa tizimlariga boʼlish mumkin.
 
Boshlang‘ich darajadagi tizim videoaloqani ishlash uchun zarur bo‘lgan 
minimal audio/video uskunalarga asoslangan bo‘lib, ular nuqta-nuqta ulanishni 
qo‘llab-quvvatlaydi (Ya’ni ikkita ishtirokchi yoki ikki guruh ishtirokchilari 
o‘rtasidagi videoaloqa). 
Biznes-klass darajadagi videokonferensiya aloqa yechimlari samaraliroq 
hisoblanib, yuqori tezlikdagi tarmoq o‘tkazuvchanligini qo‘llab-quvvatlaydi va 
kamerani avtomatik ravishda dinamik o‘zgartirish xususiyatiga ega hisoblanadi. 
Videokonferensiya aloqa serveridan foydalanish evaziga ko‘plab ishtirokchilar 
qatnasha oladigan videokonferensiyalarni tashkil qilish mumkin. Videokonferensiya 
aloqa serveridan foydalanish turli xil tarmoq interfeyslariga va audio/video portlariga 
ega bo‘lishga imkon beradi. 
Guruhli videokonferensiya tashkil etishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy 


64 
yechimlarni u yoki bu sinfga tegishli bo‘lishi, boshqasiga nisbatan yuqori sifatli 
videoaloqani ta’minlaydi degani emas. Muayyan sinfni tanlash videoaloqa tizimiga 
qo‘yilgan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, agar kompaniyada bir nechta 
bo‘limlar (idoralar) o‘rtasida videoaloqani tashkil etish zarur bo‘lib, ammo ko‘p 
ishtirokchi qatnashadigan videokonferensiyalarga ehtiyoj qolmasa, u holda biznes-
klass darajadagi videoaloqa tizimlardan foydalanishga hojat qolmaydi. 
Videokonferensiya aloqa uchun maxsus telefon. Bu alohida apparat hisoblanib, 
oddiy telefon apparati qilib ham ishlatish mumkin.
 
Maxsus kameralar videokonferensiya ishtirokchilari harakatiga bog‘liq xolda 
avtomatik yo‘nalishini o‘zgartiruvchi mexanizmdan tortib, turli sharoitlarda 
videoaloqa tashkil qilish uchun moslashtirilgan bir nechta linzalar bilan jihozlangan, 
turli xil ulanish usullari va murakkab tizimli mini 
USB
versiyalarigacha bo‘lgan 
ko‘rinishlarda ishlab chiqarilgan.

Download 13,06 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruhli videokonferensiya aloqani tashkil etish

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish