• 1. Telekommunikatsiya tizimlari
  • Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari
  • Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Nazorat savollari 
    1.
    Uy va ofis ishlarida videokonferensiya tizimlaridan foydalanishning afzalliklari 
    nimalardan iborat? 
    2.
    Videokonferensiya uchun apparat va dasturiy yechimlarni tanlashda ularning 
    qanday xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak? 
    3.
    Videokonferensiya aloqa uchun tayyor majmuaviy yechimlar va ularning 
    imkoniyatlari nimalardan iborat? 
     
     
     


    69 
    4-MASHG‘ULOT. A2. 
    Mavzu: Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va ularning apparat – 
    dasturiy ta’minoti 
    Reja: 
    1.
    Telekommunikatsiya tizimlari. 
    2.
    Telekommunikatsiya tizimlarining tuzilishi, qurulmalari va tarkibiy qismlari. 
    1. Telekommunikatsiya tizimlari 
    Bir-biri bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan va umumiy aloqa 
    muhitiga ulangan texnik vositalar to‘plami telekommunikatsiya tizimini tashkil etadi. 
    Telekommunikatsiya tizimi deb tarmoq abonentlari o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlab 
    beradigan axborot uzatuvchi apparat va dasturiy vositalarning fizik to‘plamiga 
    aytiladi. 
    Axborot uzatilish tarmog‘ining ishonchliligini ta’minlash sanoat korxonalari va 
    tashkilotlarining barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatning 
    axborotlashishi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumot almashish uchun turli 
    telekommunikatsiya tizimlaridan faol foydalanishni taqozo etmoqda. 
    Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari
    Telekommunikatsiya tizimlari - bu simli, optik tolali aloqa kanallari va simsiz 
    tarmoqlar orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan texnik va 
    dasturiy vositalar to‘plami hisoblanadi. Telekommunikatsiya tizimlarining asosiy 
    vazifasi ko‘p sonli foydalanuvchilarga turli xil tarmoq xizmatlarini ko‘rsatishga 
    qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda tizim foydalanuvchilari soni bir necha o‘n mingdan 
    bir necha milliontagacha bo‘lgan mijozlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday 
    tizimdan foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha ishtirokchilari 
    o‘rtasida doimiy ravishda raqamli ma’lumotlar almashishni ta’minlash imkonini 
    beradi. Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining tashkil etuvchilari 
    4.1-rasmda keltirilgan.
    Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalanilayotgan zamonaviy uskunalarning 
    asosiy xususiyatlaridan biri tarmoq qurilmalarini barqaror ishlashini ta’minlash 
    hisoblanib, bu orqali tarmoqda ma’lumotlarni uzluksiz uzatilishi amalga oshiriladi. 
    Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlaridagi odatiy texnik muammolar tufayli 
    aloqa sifatining doimiy yomonlashishi yuzaga keladi. Bunga tizimdagi turli tashqi va 
    ichki omillar sabab bo‘ladi. 


    70 
    4.1-rasm. Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari. 

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring

    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish