71
Axborot oqimlarini kodlash usuliga qarab analog
aloqa kanallari va raqamli
aloqa kanallariga ajratiladi. Bugungi kunda amaliyotda
raqamli aloqa kanallaridan
keng, analog aloqa kanallaridan esa tobora kamroq foydalanilmoqda.
Analog va
raqamli signallarning o‘zaro farqi 4.3-rasmda keltirilgan.
4.3-rasm. Analog va raqamli signallarning o‘zaro farqi.
Kompyuter tizimlari
Kompyuter
tizimlari
- bu aloqa kanallari va ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar
yordamida bitta axborot muhitiga birlashtirilgan bir nechta shaxsiy kompyuterlarning
to‘plami hisoblanadi. Kompyuter tizimlarining tashkil etuvchi elimentlari 4.4-rasmda
keltirilgan.
4.4-rasm. Kompyuter tizimlarining tashkil etuvchi elimentlari.
Korxona tarmog‘iga o‘rnatiladigan tarmoq qurilmalari va dasturiy ta’minotlar
to‘plami korxonaga xizmat ko‘rsatadigan avtonom ishlaydigan tizimdir.
Kompyuter tizimini tashkil etuvchi qurilmalar
funksiyalariga qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
• xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar (ma’lumotlarning oraliq va zaxira nusxalarini
saqlash uchun ishlatiladi);
• faol qurilmalar (ma’lumotlarni o‘z vaqtida va
sifatli yetkazib berishni
72
ta’minlaydi);
• shaxsiy qurilmalar.
Butun tizimning ishlashini ta’minlash uchun foydalanuvchilarning
extiyojlari
asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot talab qilinadi.