Asosiy tezliklari va kanallari 1. Bazali tezligi (angl. Basic Rate Interface, BRI) : 2V+D= 2×B+D =2×64+16
= 144 kbit/s.
2. Birlamchi tezliklari (Primary Rate Interface, PRI): T1 (Shimoliy Amerika va
Yaponiya standarti): 23V+D=23×64+64 = 1472+64=1536 kbit/s≈1,5Mbit/s.,
E1 (Yevropa standarti): 30V+D = 30×B+D =30×64+64 = 1920+64=1984
kbit/s≈2Mbit/s.
Boshqa kanallari: N0 kanali=384 kbit/s, N11=1536 kbit/c, N12=1920 kbit/c.
99
5.1-rasm. Keng polosali tarmoqning umumiy ko‘rinishi
2 Keng polosali tarmoq xizmatlari klassifikatsiyasi Xizmatlar qo‘yidagi prinsiplar bo‘yicha klassifikatsiyalarga bo‘linadi:
1) Kontent bo‘yicha (uzatish axborot turi bo‘yicha) xizmatlarning
klassifikatsiyasi;
2) Xizmatga mijozni kirish imkoniyati ta’minlab berish usuli bo‘yicha
xizmatlarning klassifikatsiyasi;
3) Mijoz turi bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi;
4) Ma’lumotlar turlari va almashish bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi.
Kontent bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi Bu turidagi xizmatlar qo‘yidagilarga bo‘linadi:
telefoniya (videotelefoniya) xizmatlari;
ma’lumotlar uzatish xizmatlari;
keng polosali eshittirish xizmatlari;
ajratilgan kanallarning xizmatlari (axborot turiga qaramaydi);
infrastrukturali xizmatlari.
Telefoniya xizmatlariga ovoz signalini yuborish xizmatlari kiradi, bularga
statsionar va mobil tarmoqlarning xizmatlari xisoblanadi. Bu yerda videokonferen
aloqani ta’minlab berish xam kiritilgan.
Ma’lumotlar uzatish xizmatlari protokol turiga (IP, ATM, FR, X.25) qarab
ajratiladi.
100
Keng polosali eshittirish xizmatlari bir nechta mijozlarga bir tomonli
signallarni yuborish, bularga tele va radioeshittrish xizmatlari kiradi.