MSAN (Multi-Service Access Node) qurilmasi asosida qurilgan kirish




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

MSAN (Multi-Service Access Node) qurilmasi asosida qurilgan kirish 
tarmog‘ining rivojlanishi 
Keng polosali tarmoqlarda yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning 
dolzarb vazifasiga aylangan. Yangi xizmatlar ichida interaktiv multimedia kontentini 
foydalanuvchilarga taqdim etish muhim hisoblanadi. Hozirda multimedia kontenti 
asosan mavjud tarmoqlar orqali tarqatilmoqda. Biroq bunda interaktivlikni ta’minlash 
muammoligicha qolmoqda. Shunga qaramay yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish 
tarmoqlarini jadal rivojlanishi natijasida keng polosali IP tarmoqlar orqali muammoni 
yechish yo‘li topildi. 
Keng polosali IP tarmoqlar – taqsimlash tizimi bo‘lib, unda foydalanuvchilarga 
yuqori samarali paketlar kommutatsiyaga asoslangan ma’lumotlarni uzatish 
tarmoqlari orqali ulanish imkoni beriladi. Ma’lumki butun dunyoda DSL (Digital 
Subscriber Line) texnologiyasilan keng foydalanilmoqda. Iskratel kompaniyasi shu 
texnologiya asosida multimedia muammosini almashish imnoniyatini mijozlarga 
taqdim etgan dastlaki ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. DSL texnologiyasi 
orqali ulanishni amalga oshirish, mavjud an’anaviy abonent liniyalarini yangilashni 
ham ko‘zda tutadi.
24 Mbit/s. dan yuqori o‘tkazish polosasini talab qiluvchi HDTV va VoD 
(Video on demand) kabi xizmatlarni joriy qilishda DSL texnologiyalariga yangi 
talablar qo‘yiladi. Qisqa masofali mis liniyalarda maksimal o‘tkazish polosasini 
VDSL2 texnologiyasi ta’minlaydi. Shunga asosan ulanish tarmog‘i topologiyasini 
o‘zgartirib Iskratel kompaniyasining MSAN (multiservisli ulanish nuqtasi) 
qurilmasini foydalanuvchilarga iloji boricha yaqinlashtirish talab qilinadi. 
Buning uchun esa ulanish tarmog‘ida FTTC ( Fiber-To-The-Curb) va FTTH 
(Fiber-To-The-Home) kabi tuzilmalarni joriy qilish, shuningdek mavjud telefon 
stansiyalari ham qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga tayyor bo‘lishi kerak. Shunday 
qilib Iskratel kompaniyasining DSL va FTTx texnologiyalariga asoslangan MSAN 
qurilmalari operatorlarga tarmoq sig‘imidan unumli foydalanish, samaradorlikni 
oshirish va raqobatda ustunlikka ega bo‘lish imkonini beradi.


102 
5.2-rasm. MSAN SI2000 texnologiyasining umumiy strkturasi 
Nutqni uzatishda hozirda qo‘llanilishi kutilayotgan Ethernet/IP tarmoqlaridagi 
markazlashgan dasturiy kommutatorli arxitektura (Call Server) dan VoIP ga asta 
sekin o‘tish jarayonida operatorlar telefon stansiyalaridagi SI2000 Switch Node 
kommutatsion tugunlar ko‘magida mavjud an’anaviy xizmatlarni ko‘rsatishlari 
mumkin. Zamonaviy MSAN larning ajralmas qismi V5.2 shlyuz simon topologiya 
orqali ulanish bo‘lib, bu orqali markazlashgan dasturiy kommutatorga ortiqcha sarf-
xarajatlarsiz o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MSAN (Multi-Service Access Node) qurilmasi asosida qurilgan kirish

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish