Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

RON texnologiyasi 
Internet tarmoqlarining rivojlanishi va yangi xizmatlarni yuzaga kelishi tarmoq 
bo‘ylab uzatiladigan ma’lumotlar oqimini oshib ketishiga imkon yaratiladi va 
operatorlarni transport tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yo‘llarini 
izlashga majbur qiladi. Bunday yechimlarni xal qilishda quyidagilarni hisobga olish 


106 
lozim: 

mijoz talablarini xilma-xilligi; 

tarmoqni rivojlantirish uchun potensial; 

iqtisodiy tejomkorligi. 
Optik ulanish tarmoqlari qurilishini to‘rtta asosiy topologiyalari mavjud: 
“nuqta-nuqta”, “xalqa”, “aktiv tugunli daraxtsimon”, “passiv tugunli daraxtsimon”. 
“Nuqta-nuqta” topologiyasi (5.4-rasm. a) foydalanilayotgan tarmoq 
texnologiyasiga chegaralanishlar yo‘l qo‘ymaydi. Nuqta-nuqta topologiyasi ixtiyoriy 
tarmoq standartida ham, nostandart yechimlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Uzatilayotgan axborot himoyasi va havfsizligi nuqtai nazaridan nuqta-nuqta 
ulanishida abonent tugunlarini maksimal himoyalanganligi ta’minlanadi. 
 
5.4-rasm. PON texnologiyasiga asoslangan tarmoqlarda foydalaniladigan 
topologiyalar 
“Xalqa” topologiyasi (5.4-rasm. b) SDH asosida magistral telekommunikatsion 
tarmoqlarda ijobiy ravishda tavsiya qilinadi. Ammo ulanish tarmoqlarining 
hammasida ham yaxshi natija beravermaydi. Tugunlarda joylashgan shahar 
magistralini qurish loyihalashtirish bosqichida rejalashtiriladi, ulanish tarmog‘ida esa 
qayerda, qachon va qancha abonent tugunlari o‘rnatilishini oldindan bilib bo‘lmaydi. 
Xalqa topologiyasiga foydalanuvchilarni tasodifiy xudud va vaqt bo‘yicha ulanishida, 
yangi abonentlarni ulash xalqani uzish va qo‘shimcha segmentlar qo‘yish yo‘li bilan 
amalga oshiriladigan ko‘p tarmoqli, g‘oyatda ko‘p sindirilgan xalqaga aylanishi 
mumkin. Amaliyotda bunday xalqalarni ko‘pincha alohida kabelga joylashtirilishi


107 
ko‘proq sindirib siqilgan xalqalarga o‘xshaydigan xalqalarni hosil bo‘lishiga olib 
kelishi, tarmoqni ishonchliligini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu faktga asoslanib 
xalqa topologiyasini asosiy afzalligini minimumga olib boradi. 
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga 
asoslangan bo‘lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo‘yicha qurilishi mumkin: 

A-PON – ATM protokolini qo‘llashga asoslangan. 

E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga asoslangan. 

B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga Ethernet 
ulanish, analog va raqamli videoni translyatsiya qilishni amalga oshiradi. 

G-PON - Gigabit PON – yangi yechim, juda yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, 
multiservis xizmatlar amalga oshirishga mo‘ljallangan. 
5.5-rasm. FTTx texnologiyasi orqali tarmoqni tashkil etilishi
Markaziy optik liniya terminali OLT (Optical Line Terminal) – markaziy 
ofisda o‘rnatiladigan qurilma. Bu qurilma SNI (Service Node Interfaces) orqali 
magistral tarmoqlardan ma’lumotlarni qabul qiladi va abonent tugunlariga kiruvchi 
tarmoqqa birlashtiradi. Optical network unity (ONU) - optik tarmoq birligi 
hisoblanib, mutaxassislar uni “ONU” deb atashadi, u optik toladan keladigan trafikni 
qabul qilish va ma’lumotlarni qayta uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi. 
Abonent tuguni ONT (Optical Network Terminal) bir tomondan abonent 
interfeysiga, boshqa tomondan uzatishda 1310 nm to‘lqin uzunligida, qabul qilishda 
esa 1550 nm to‘lqin uzunligida PON texnologiyasiga ulanuvchi interfeysiga ega. 


108 
ONTdan ma’lumotlarni OLT qabul qilib oladi va ularni konvertlaydi hamda UNI 
(User Network Interfaces) abonent interfeyslariga uzatadi. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish