Keng polosali abonent kirish tarmoqlari




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

4. Keng polosali abonent kirish tarmoqlari 
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari abonent kirish tarmoqlarini qurish 
asosiy texnologiyalariga: 

mavjud mis simli telefon juftliklari; 

xDSL texnologiyalari; 

gibrid tolali-koaksial tarmoqlar (HFC); 

simsiz tarmoqlar (Wi-Fi,Wi-Max, 4G, 5G); 

optik tolali tarmoqlar (passiv optik texnologiyalar PON)ni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. Doimiy takomillashib borayotgan xDSL texnologiyasidan 
abonent kirish tarmoqlarida foydalanish – bu mis simli juftliklar asosidagi mavjud 
kabel tizimning o‘tkazish qobiliyatini oshirishning eng sodda va qimmat bo‘lmagan 
usuli hisoblanadi. 
Lekin, mavjud kabel tizimida, uzoq masofalarni (6 kmdan ortiq) va mis sim 
sifatini pastligini hisobga olgan holda 10M/s uzatish tezligini amalga oshirish 
murakkab va qimmat yechim hisoblanadi. Bunday texnologiyalariga misol qilib: 
ADSL
(Asymmetric Digital Subscriber Line) assimmetrik raqamli abonent 
liniyasi texnologiyasida 5,5 km masofada joylashgan foydalanuvchilarga 
ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda , uzatishda (ATS tomonidan)- 8- Mbit/s 
tezlik va qabul qilishda 64 Kbit/s gacha tezlikni xosil qilish mumkin. IDSL (raqamli 
abonent liniyasi) texnologiyasi 144 Kbit/s tezlikda ma’lumotlarni dupleks usulda 
uzatishni ta’minlaydi. IDSL texnologiyasini ADSL dan farqi ma’lumotlarni uzatish 
cheklanganidadir. 
NDSL
(yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi)texnologiyasi ma’lumotlarni 
uzatishda simmetrik liniya asosida ko‘rib chiqadi, ya’ni tarmoq orqali 
foydalanuvchiga va tarmoqdan foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish tezligi 
tengdir. NDSL texnologiyasi 3,5 – 4,5 km gacha ma’lumotlarni uzatishi mumkin. 
SDSL
(bir liniyali raqamli abonent liniyasi) bu texnologiya ham NDSL 
texnologiyaga o‘xshab ma’lumotlarni simmetrik uzatish imkoniyatiga ega. SDSL 
texnologiyasi boshqa texnologiyalardan 2 ta hususiyati bilan farq qiladi: 
1.
Bir juftlik o‘ralgan simlardan foydalaniladi.
2.
Maksimal ma’lumotlarni uzatish oralig‘i 3 km gacha. 
VDSL
(o‘ta yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya XDSL 
texnologiyasiga qaraganda tez (yuqori) hisoblanadi. VDSL texnologiyasi bir juft 


105 
o‘ralgan telefon simlaridan chiqishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 13 dan 
52Mbit/s gacha, kirishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 1,5 dan 2,3 Mbit/s 
gacha uzatishi mumkin. Lekin, bu texnologiyani maksimal uzatish oralig‘i 300 
metrdan 1300 metrgacha bo‘ladi. VDSL texnologiyani ADSL dan farqi video uchun 
so‘rovni va yuqori chastotali TV signallarini uzatishni ta’minlaydi. 
5.3-rasm. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlariga turli abonentlarni ulash 
strukturasi 
Keyingi an’anaviy yechim – gibrid tolali-koaksial tarmoqlar (HFC, Hybrid 
Fiber-Coaxial) bo‘lib, bitta koaksil segmentga kabel modemlar to‘plamini ulash 
tarmoqni infrastrukrasini qurishda har bir abonent o‘rtacha sarf hisobini pasayishiga 
olib keladi. Bu yechimda birgina o‘tkazish oralig‘ini konstruktiv jihatdan 
chegaralanishi saqlanib qoladi. FTTR konsepsiyasi OTli kabelni konsentratorgacha 
yoki boshqa chiqarilma modulgacha yetkazishni nazarda tutadi. “OE” blokida, 
konsentratorning kommutatsion maydonida qayta ishlanadigan optik signallar, 
raqamli traktlarga o‘zgartiriladi. Terminallar fizik abonent liniyalari bo‘yicha 
konsentratorga ulanadi. FTTS yechimining asosiy farqi, “OE” blokidan terminallarga 
fizik zanjirlar chiqadi.
FTTN/FTTO konsepsiyasida OTli kabelni axoli istiqomat uylari yoki ofisgacha 
yetkazish tushuniladi. Keyingi paytlarda juda ko‘p umumiy abbreviatura – FTTR 
(tola mijozning binosigacha) ishlatilmoqda. FTTN/FTTO ikkita konsepsiyaning farqi 
“OE” blokidan o‘ng tomonda uzatish muxitining turidir. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Keng polosali abonent kirish tarmoqlari

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish