|
Xizmatga mijozni kirish imkoniyati ta’minlab berish usuli bo‘yicha Pdf ko'rish
| bet | 73/205 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 13,06 Mb. | | #259764 |
Bog'liq UUM VAT 2022-2023Xizmatga mijozni kirish imkoniyati ta’minlab berish usuli bo‘yicha
xizmatlarning klassifikatsiyasi.
Xizmatga klientni kirish imkoniyati ta’minlab berish usuli bo‘yicha
xizmatlarning klassifikatsiyasi foydalangan texnologiyaga qarab bo‘linadi: ISDN,
SDH, Frame Relay, ATM, Ethernet, xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL), Passive Optical
Network, PON; koaksial va optik kabel asosida HFC gibrid tarmoqlari.
Mijoz turi bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi
Mijoz turi bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi qu‘yidagi guruxlarga
bo‘linadi: boshqa aloqa operatorlarga ta’minlab beradigan xizmatlar, korporativ
mijozlarga ta’minlab beradigan xizmatlar, shaxsiy foydalanuvchilarga ta’minlab
beradigan xizmatlar.
Ma’lumotlar turlari va almashish bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi
Ma’lumotlar turlari almashish bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi
qo‘yidagi turlariga bo‘linadi: o‘zining tarmoq resurslarga kirish imkonyatini
ta’minlab berish, ikkitomonli almashuv, tranzit, ma’lumotlar almashish markaz bilan
aloqada bo‘lish.
Qo‘shimcha xizmat turlari
1. O‘zini tarmog‘ida Internetga kirishni ta’minlab beradigan serverlarni
o‘rnatish.
2. Intellektual xizmatlarni ta’minlab berish.
3. Xosting xizmatlari.
Keng polosali tarmoqlarda multiservis xizmatlar
HDTV (High Definition Television) va peer-to-peer xizmatlari, multimedia
xizmatlar va video ma’lumotlarni ortib borishi bilan tarmoqni o‘tkazish polosasiga
bo‘lgan talab global tarzda ortib bormoqda. Ushbu xizmatlar o‘tkazish polosasini
ko‘proq bo‘lishini ta’minlashga va tarmoqlarni ko‘proq egiluvchan bo‘lishiga majbur
qilmoqda. Kommutatsiya markazi texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ushbu
tizimlar ko‘proq trafiklar hajmini qayta ishlashi mumkin, juda ko‘p hajmdagi
traffiklarning uzatishdagi muammo metro(transport) tarmoqlari va qisman kirish
tarmoqlariga ko‘chgan. Keyingi avlodga kiruvchi optik tarmoqlarda sig‘imga bo‘lgan
talabni DWDM (Dense Wavelenght Division Multiplexing) qoniqtiradi.
Biroq, ushbu tarmoqlarni rivojlanishida tarmoqni murakkabligi, qayta
sozlanishligi, narxning samaraliligi kirish va transport tarmoqlarida asosiy belgilarda
bo‘lib qolmoda. Kirish tarmoqlarida mavjud uzatish tezligidagi muammolarni hal
qilish uchun elektrik signallar uzatishga asoslangan mis kabellarni optik signallar
uzatishga asoslangan optik tolali liniyalarga almashtirish FTTH (Fiber to the Home)
tarmog‘ini qurish orqali muammoni yechish mumkinligi aniqlandi. Soddaligi va
101
narxini arzonligi jihatlari bilan qulayligi sababli kirish tarmoqlarida passiv optik
tarmoqlarni qurish keng qabul qilindi.
|
| |