|
Backspace-chap tarafdagi bеlgini o’chirishni amalga oshiradi. Klaviaturaning maxsus tugmachalari
|
bet | 8/17 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #131971 |
Bog'liq Ismoilov F Klaviatura trenajori va “ Yumshoq ko’zlar usulida matnBackspace-chap tarafdagi bеlgini o’chirishni amalga oshiradi. Klaviaturaning maxsus tugmachalari
Klaviaturada alifbo, raqamli va tinish belgili tugmachalardan tashqari maxsus tugmachalar bor.
— (Enter) tugmachasi (“Enter” so‘zi inglizcha so’z bo’lib “kirish” ma’nosini anglatadi) satr kiritilishini tugaganligini bildiradi. Masalan, MS DOS komandalarini kiritilishi uchun har bir komanda (Enter) tugmachasining bosilishi bilan tugallanishi kerakdir.
— (Del) tugmachasi, to‘liq “delete” so‘zidan olingan bo‘lib, “olib tashlash” ma’nosini bildiradi va kursor ko‘rsatayotgan belgini olib tashlash uchun ishlatiladi.
— (Ins) tugmachasi (to‘liq «insert» so‘zidan olingan bo‘lib, “surish” ma’nosini bildiradi) belgilarni kiritishda rejimidan almashtirish rejimiga o‘tishni “surish”ta’minlaydi.
— (Backspace) tugmachasi kursordan chapdagi belgini o‘chiradi.
— (Home), (End), (PgUp), (PgDn) tugmachalari kursorni boshqarish tugmachalari deyiladi. (Home-satr boshiga, End-satr oxiriga) surilishiga va matnni “varaqlashga” (PgUp — orqaga, PgDn — oldinga) olib keladi.
— (Numlock) (raqamlar rejimi) tugmachasi bosilgan holda, klaviatura o‘ng tomonda joylashgan 1-9, 0 raqamlaridan foydalanish mumkin, aks holda kursorni boshqarish tugmachalari ishlamaydi.
— (Esc) tugmachasi (“escape” so‘zi “qochish” ma’nosini bildiradi) komandani bekor qilish, dasturdan chiqish uchun foydalaniladi.
— (F1) dan to (F12) gacha funksional tugmachalar turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur. Ularning vazifasini bajarayotgan dastur belgilaydi.
— (Ctrl), (Alt) maxsus tugmachalar. (Shift) kabi boshqa tugmachalar vazifasini o‘zgartiradi. Bu tugmachalar boshqa tugmachalar bilan birgalikda dastur ishiga ta’sir ko‘rsatadi.
— (Prtscr) — tugmachasi ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi.
— (Break) — tugmachasi dastur ishini to‘xtatish uchun ishlatiladi.
— Insert — qo’shib qo’yish yoki almashtirish rеjimlarini o’zgartirish tugmasi:
— bеlgilarni surish orqali ma’lumot kiritish (qo’shib qo’yish) va bеlgilarni o’chirib, o’rniga yozish orqali (almashtirish).
|
| |