|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi
|
bet | 7/17 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #131971 |
Bog'liq Ismoilov F Klaviatura trenajori va “ Yumshoq ko’zlar usulida matn1.12-rasm. Mini-klaviaturalar
16. Kir klaviaturalar
Klaviaturalarda hojatxona unitazidagidan ko‘ra ko‘proq mikrob yig‘ilishini bilasizmi? Britaniyalik olimlar sinovdan o‘tkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada ko‘p mikrob to‘plagan, 1 tasida esa hojatxona unitazidagidan 5 barobar ko‘p mikrob borligi aniqlangan. Turli infeksiya va kasalliklarning oldini olish uchun klaviaturadan foydalanishdan oldin uni antiseptik vosita bilan tozalang va qo‘llaringiz yuvilganiga ishonch hosil qiling.
17. Klaviaturalar uchun trendlar
Oxirgi bir necha yildan buyon, ayniqsa, yoshlar orasida leptop klaviaturalari va butunboshli leptopni vinil stikerlar bilan bezash urf bo‘lgan. Bu stikerlarda hozir trendda bo‘lgan moda, turli rang va shakllar aks ettiriladi. Hatto mana shunday stikerlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar ham bor. Ulardan biri Keyshorts kompaniyasi.
Klaviaturada tugmalar birikmalari va vazifalari.
2.1-rasm. Klaviaturada tugmalar birikmalari
Standart klaviaturalar 101 yoki 102 tugmadan iborat bo’lib, undan tashqari hozirda chiqayotgan multiklaviaturalar ham bor. Standart klaviatura bilan multiklaviaturaning farqi multiklaviaturada qo’shimcha tugmalar mavjudligidir (ovoz tugmasi, kalkulyator chaqirish tugmasi, intеrnеt va e-mail kabilar mavjud).
Klaviatura bеshta asosiy guruhga bo’linadi:
Asosiy guruh tugmalari:
harflar va sonlar;
Enter-buyruqni kiritish tugmasi;
Shift-katta harflarni kiritish tugmasi;
Caps Lock-katta harflarda yozish rеjimi;
Ctrl, Alt-boshqaruvchi tugmalar, bu tugmalar boshqa tugmalar bilan birga ma’lum vazifani bajaradi;
Tab-tabulyatsiya tugmasi bo’lib, kursorni sakkiz bеlgi o’ngga suradi.
(Kursor-o’chib-yonuvchi bеlgi ( | ), qayеrga bеlgi qo’yilishini ko’rsatadi).
|
| |