|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi
|
bet | 3/17 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #131971 |
Bog'liq Ismoilov F Klaviatura trenajori va “ Yumshoq ko’zlar usulida matnKurs ishining maqsadi: Bugungi kunda yosh kadrlarning kompyuter savodxonligi bo’yicha olgan bilimlarining asosiy qismdan hisoblanuvchi klaviatura bilan to’g’ri ishlay olish ko’nikmasining shallanganligidir. Shu maqsadda kalaviatura bilan ishlash ko’nikmasini o’quvchilarda shakllantirishni maqsad qilib oldim.
Shu fikrlardan kelib chiqib, quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
Klaviatura rivojlanish tarixini o’rganish.;
Klaviaturaning bajardigan vazifasiga ko’ra joylashishini o’rganish;
Klaviaturadagi tugmalarning vazifalari va klaviatura tugmalari kombinatsiyalarini o’rgatish;
Klaviatura bilan ishlash va o’rgatuvchi dasturlar bilan ishlash va o’qitish metodikasini shakllantiruvchi usullarni yaratish;
Kurs ishining ob’yekti. Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga yo‘naltirilgan kasblarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani.
.
Klaviaturalar rivojlanish tarixi
1. Barcha zamonaviy klaviaturalar otasi
1984-yilda IBM va Lexmark kompaniyalari tomonidan yaratilgan Model M klaviaturasi bugungi klaviaturalarning otasi hisoblanadi. Model M sonlar, strelka klavishlari va funskional klavishlarni alohida bo‘limlarga ajratgan. Bu dizayn hozirda mavjud eng ommabop dizayn hisoblanadi.
1.1-rasm. Model M klaviaturasi.
2. Tahrirlash klaviaturalari
Kino va musiqa yozish studiyalari hamda dizaynlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda professionallar maxsus klaviaturalardan foydalanadi. Bunday klaviaturalarda maxsus klavishlar mavjud bo‘lib, ular foydalanuvchiga qo‘shimcha funksiyalar yaratib beradi. Masalan, Final Cut Pro yoki Adobe Premiere Pro kabi video tahrirlash dasturlari bilan ishlatish uchun alohida klaviaturalar yaratilgan.
1.2-rasm. Video tahrirlash uchun yaratilgan klaviaturalar.
4. Dvorak klaviaturalari
QWERTY klaviaturlariga shubha bilan qaragan ilk shaxs Avgust Dvorak bo‘lgan. Dvorak 1936-yilda o‘zining klavishlar joylashuvi tartibini patentlagan. Aytishlaricha, Dvorak klaviaturalarida matn terish uchun barmoqlar kamroq harakat qiladi, bu esa matn terish tezligini oshirib, qo‘l tolishini kamaytiradi. Ammo bu ta’kidlar haqiqat yoki uydurma ekanligi borasida bahs-munozaralar anchadan buyon davom etib keladi.
|
| |