|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabasi
|
bet | 5/17 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #131971 |
Bog'liq Ismoilov F Klaviatura trenajori va “ Yumshoq ko’zlar usulida matn10. Eng murakkab klaviaturalar
1.7-rasm. QWERTY klaviaturalari.
Sharqiy Osiyo davlatlari klaviaturalari butun dunyodagi eng murakkab klaviaturalardan hisoblanadi. Xitoy, hind, tay yoki yapon klaviaturalarida bitta tugmada 3 yoki 4 ta belgi joylashgan bo‘ladi. Bu belgilardan birini terish uchun yordamchi tugmalardan foydalanish kerak bo‘ladi. Inglizzabon so‘zlovchilarning QWERTY klaviaturasi an’anaviy va hech qanday g‘alati xususiyatlarga ega bo‘lmagan klaviatura bo‘lishi mumkin, ammo ba’zi davlatlarda foydalaniladigan klaviaturalar biz har kuni ko‘radigan klaviaturadan umuman boshqacha. Keling, quyida matn terish vazifasini bajaruvchi ushbu qurilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.
11. Kanadacha «Qor rejimi» klavishi
Kanadaning fransuzzabon hududlari, xususan, Kvebek provinsiyasida fransuzcha-kanadacha klaviaturadan foydalaniladi. Bu klaviaturada Ctrl tugmasi o‘rnida «Qor rejimi» klavishi bor va bu klavish Ctrl tugmasi qanday vazifani bajarsa, xuddi o‘sha vazifani ado etadi. Ko‘pchilik Kanadani qish fasli, sovuq havo va qor bilan bog‘laydi, balkim shunga qor parchasi tasviri kanadacha klaviaturaga ham ko‘chirilgandir. «Qor rejimi» klavishi birinchi marta ACNOR tomonidan o‘ylab topilgan va keyinchalik boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, jumladan, Apple tomonidan ham fransuzcha-kanadacha klaviaturalarda qo‘llanilgan.
1.8-rasm. Kanadacha «Qor rejimi» klavishi
12. Eng qisqa probel tugmasi yaponcha klaviaturalarda bo‘ladi.
Har qanday klaviaturadagi eng uzuuuuuuuuun klavish probel tugmasi hisoblanadi. Ammo Yer yuzidagi eng qisqa probel klavishini yaponcha klaviaturalarda uchratish mumkin. Nega? Chunki yapon tilida matn terayotganda lotin harflari va yaponcha belgilarni aralashtirib yozish kerak bo‘ladi. Shu sababdan, bir yozuvdan boshqasiga o‘tish uchun alohida klavish qo‘shilgan. Natijada, probelning hajmini qisqartirishga to‘g‘ri kelgan. Yaponcha klaviaturalar ko‘rinishi bunaqa bo‘ladi:
|
| |