• Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish.
  • Elektron hujjatning rekvizitlari.
  • Elektron kalitlar va sertifikatlar.
  • Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




    Download 5.39 Mb.
    bet24/31
    Sana24.03.2023
    Hajmi5.39 Mb.
    #46432
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
    Bog'liq
    ИАКТ амалий 2023
    Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi
    Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
    Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
    Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
    Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
    Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o‘tkaziladi.
    Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
    Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.



    Download 5.39 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




    Download 5.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Download 5.39 Mb.