• Ijtimoiy xavfsizlik.
  • Axborot xavfsizligi
  • Axborotning himoyasi
  • Login tushunchasi.
  • Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




    Download 5.39 Mb.
    bet29/31
    Sana24.03.2023
    Hajmi5.39 Mb.
    #46432
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    ИАКТ амалий 2023
    Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi
    Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo‘lib, mamlakatning mudofaa potensialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo‘llash ehtimoli katta.
    Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo‘llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko‘rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
    Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o‘tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo‘lga qo‘yish mumkin.
    Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
    Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o‘girlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
    Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
    Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar etkazmokchi bo‘lgan nohuquqiy muomaladan har qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identi­fikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborotximoyalanishi kerak.
    Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlangich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bogliqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o‘sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bogliqligi sharoitida mashina vaqtining yo‘qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi.
    Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2014 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo‘qotishlar 2015 yildagi barcha yo‘qotishlar yigindisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo‘lmasa 2006 yilning o‘zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.
    Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.

    Download 5.39 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 5.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Download 5.39 Mb.