Sistemaviy dasturiy ta’minot




Download 90.62 Kb.
bet3/12
Sana21.11.2022
Hajmi90.62 Kb.
#31091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bilet-Жавоб
Mustaqil ish, Doc May 24 2022, 14-CAE tushunchasi, Maruza Kompyuterli loyihalash 2022-2023, 4 kurs sirtqi.Kompyuterli loyihalash Mustaqil ish mavzular, Bilet-Жавоб, 3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, TEST SAVOLLARI 140621155032, Sanoat keramikasi, ya\'ni sanoat ishlab chiqarishi va sanoat mahs-fayllar.org, Технологический расчет, 7-Маъруза, 1685607730, Reja Sarf o’lchagichlar haqida umumiy malumot, 4-mavzu. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar reja Hisob tsikli-fayllar.org
Sistemaviy dasturiy ta’minot.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qoʻshimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi boʻlib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi oʻzaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi oʻzaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi oʻzaro bog’lanish ─ apparatdasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda boʻladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan oʻzaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya boʻyicha tasniflash mumkin:
sistemaviy dasturiy ta’minot;
amaliy dasturiy ta’minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi boʻyicha ma’lum bir masalalar sinfini moʻljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari boʻlib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga moʻljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng koʻp qoʻllaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlar-
dan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qoʻllanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yoʻnaltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.


Download 90.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 90.62 Kb.