• 3.2. Mavzu: Berilganlar resurslarini boshqarish Reja
  • Axborot tizimlari




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/92
    Sana26.12.2023
    Hajmi3,4 Mb.
    #128476
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
    Bog'liq
    13259 2 80C7DA6F1C5DAB2FBA8F4E018FAE1DDC884A9A05

     
     


    63 
    Savollar: 
    1. Ma’lumotlat omborini boshqarish tizimlari. MBBT larni tashkil 
    qilishning dasturiy vositalari 
    2. Big Data texnologiyasi, data mining, machine learning, deep 
    leraning, neyron tarmoqlar hamda business intellegencetexnologiyalari 
    haqidagi o‘z tushunchalaringizni bayon qiling. 
    3. Big Dataning asosiy tamoyillari. Qo‘llash sohalari. 
    4. Big Datadan foydalanishning asosiy muammolari. 
    5. Blokcheyn texnologiyasi.
    3.2. Mavzu: Berilganlar resurslarini boshqarish 
    Reja: 
    1. Berilganlar bazalari turlari 
    2. Berilganlarni saqlash va berilganlarni boshqarish.
    3. An’anaviy fayl tizimlari. 
     
    Relyatsion ma’lumotlar bazasi va uning imkoniyatlari 
    Relyatsion model (inglizcha reletion – munosabat) o‘tgan 
    asrning 70- yillari boshida Amerika olimi E.F.Kodd tomonidan 
    yaratilgan. Modelning soddaligi va egiluvchanligi ma’lumotlar bazalari 
    tuzuvchilarini e’tiborini o‘ziga tortdi. 80-yillarga kelib keng taraqqiy 
    eta boshladi va relyatsion MBBTlar sanoat standarti darajasiga 
    ko‘tarildi. 
    Model relyatsion algebrasi tushunchalari tizimiga tayanadi. Bu 
    tushunchalarning eng muhimlari jadval, satr, ustun, munosabat va 
    birlamchi kalitlar sanaladi, bajariladigan amallar esa jadvallar bilan ish 
    olib borishda aks etadi. Relyatsion modellarda axborot to‘g‘ri 
    to‘rtburchakli jadvallar ko‘rinishida aks ettiriladi. Har bir jadval ustun 
    va satrlardan tashkil topgan bo‘ladi va ma’lumotlar bazalari ichida 
    o‘zining takrorlanmas nomiga ega. 
    Jadval real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi, uning har 
    bir satri (yozuvi) esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini 
    aks ettiradi. Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda o‘ziga xos nomga 
    ega. Jadval kamida bir ustunga ega bo‘lishi kerak. 
    Ma’lumotlarning relyatsion modeli yuqorida ko‘rib chiqilgan 
    tarmoqli va ierarxiklardan foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan jadvalli 
    tasavvurlar va ma’lumotlarga kirishning oddiy tuzilishi bilan farq 
    qiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o‘lchamli jadval - 


    64 
    munosabat (model ob’ektlari) larning yig‘indisidir. Relyatsion 
    modeldagi relyatsion bog‘liqdagi ikki jadvallar orasidagi mantiqiy 
    aloqalar jadval munosabatlariga tegishli bir xil atributlarning mazmun 
    jihatidan tengligiga ko‘ra o‘rnatiladi. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish