68
Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida
ifodalash mumkin. Chizmali usulda ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanish
graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda
grafning uchlari yozuvlarni
ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatadi.
Jadvalli usulda obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir yoki bir nechta
ustundan iborat bo‘lgan jadvallar orqali ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning
pog‘onali (iyerarxik),
tarmoqli va
relyatsion turlaridan foydalanilmoqda.
Pog‘onali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi.
Bunda
ma’lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va har bir yozuv
oldingi pog‘ona uchlariga bog‘langan bo‘ladi. Bunday tuzilishdagi
MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo‘nalish bo‘yicha
qidiriladi va uning joylashgan o‘rni to‘liq ko‘rsatiladi. Pog‘onali
(iyerarxik) modelga asoslangan MB birinchi
va ikkinchi avlod EHM
lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS
(Information Menagement System) deb nomlangan ma’lumotlar
bankini tashkil qilgan.
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi.
Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo‘nalish bo‘yicha olinishi
mumkin.
Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu
modelning asoschisi CH. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB
– Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software
Inc. Kompaniyasi tomonidan 70-yillari ishlab chiqilgan. Iyerarxik va
pog‘onali Ma’lumotlar bankiing afzalligi
ularning tezkorligi.
Shaxsiy
kompyuterlarning
paydo
bo‘lishi
relyatsion
modellarning keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi.
Relyatsion model
jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar
jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning
maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum
sohaga tegishli bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ustun va
qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator
va munosabat o‘z nomiga ega bo‘ladi.
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil
qilinadi:
ustun va qator kesishgan yerda joylashgan ma’lumotlar element
hisoblanadi;
69
munosabatlarda ikkita bir xil qator bo‘lmaydi;
ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy
emas.
Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi
mumkin. Relyatsion modelning asoschisi – Amerika olimi E.F. Kodd.
Bu modelning ikkinchi nomi – Kodd modeli.
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari
(MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari.
Bu guruhga quyidagi
MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan
MBBTlar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox,
Approach va
Access. Foydalanuvchi interfeysi MB protsessori Ma’lumotlar bazasi 1
blok, 2 blok, 3 blok.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng
tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish
arxitekturasini ko‘rib chiqamiz. Arxitektura
uchta blokdan tashkil
topadi (3.5-rasm).