3.5-rasm. MB loyihalash bosqichlari
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi:
jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu
blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Accessda .mdb
fayllar).
70
Access 2019 ni o‘rnatish uchun tizimga qo‘yiladigan talablar.
Kompyuter va protsessor. Windows: 1.6 GGs chastitadan kichik
bo‘lmagan ikki yadroli protsessor.
Xotira. 4 Gbt OZU.
Qattiq diskdan 4 Gbt bo‘sh joy.
Fayl tizimi. Fayl tizimi turlari
Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi.
Faylli tizim, bu uning dasturiy ta’minotiga mos keluvchi maxsus
instruksiyalar majmui bo‘lib, u fayllarni tuzish, yo‘qotish, tashkil etish,
o‘kish, yozish, faylli axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish,
shuningdek fayllarga kirishni boshqarish va resurslarni boshqarishga
javob beradi.
Faylli tizim
bu operatsion tizimning qismi bo‘lib, uning vazifasi
foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun
qulay interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va
jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat.
3.6-rasm. Fayl tizimi jadvali
FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl
tizimi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli vеrsiyalari
mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar. FAT fayl
tizimni (ko‘pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo‘shimcha sarf
xarajatlar bo‘lgani uchun, 511 Mbaytdan o‘lchamlari katta bo‘lgan
tomlar (disklar) uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. FAT o‘zida Oddiy
fayl tizimni ifodalab katta bo‘lmagan disklar va oddiy kataloglar
tuzilishi uchun ishlab chiqilgan.
|