Jadval-munosabat relyatsion modellarning universal ob’ekti
hisoblanadi. Bu relyatsion modeli turli MBBTlardagi ma’lumotlarini
mosligini ta’minlash imkonini beradi. Relyatsion modellarni ishlash
operatsiyalari munosabatlar algebrasi va relyatsion hisob-kitoblarning
universal apparatidan foydalanishga asoslangan.
Jadval relyatsion model ma’lumotlari (ob’ekti)ning asosiy turi
hisoblanadi. Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig‘indisi bilan
belgilanadi. Jadvalning har bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi
bittadan mazmun joylashgan bo‘ladi. Jadvalda ikkita bir xil satr bo‘lishi
mumkin emas. Satrlarning umumiy soni chegaralanmagan.
Ustun ma’lumotlarining ba’zi tarkibiy qismi − atributga mos
keladi. Atribut ma’lumotlarning eng oddiy tuzilmasidir. Jadvalda
yuqorida ko‘rib o‘tilgan tarmoqli va ierarxik modellardagi kabi ko‘p
tarkibiy qismlari guruh yoki takrorlanuvchi guruh kabilar belgilanishi
mumkin emas. Jadvalning har bir ustinining ma’lumotlari tegishli
tarkibiy qismi (atribut)ning nomiga ega bo‘lishi kerak. Ma’nosi jadval
satriga teng bo‘lgan bir yoki bir nechta atributlar jadvalning kaliti
hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini tuzishda relyatsion yondashuv munosa-
batlar nazariyasining terminologiyasi qo‘llaniladi. Eng oddiy ikki
o‘lchamli jadval munosabat sifatida belgilanadi. Tegishli atribut
mazmuniga ega bo‘lgan jadval ustini domen deyiladi. Turli atributlar
mazmuniga ega bo‘lgan satrlar esa kortej deb ataladi.
Relyatsion jadval-munosabati. 3.3-rasmda R relyatsion jadval
munosabatining ko‘rinishi berilgan. R munosabat (relyatsion jadval)
ning formal ta’rifi uning domenlari Di (ustunlari), kortejlari Ki (satrlari)
haqidagi tushunchaga tayanadi. Ko‘plab domenlar{Di} belgilangan R
munosabat deb, D1
D2
D3...... Dn domenlarini dekart (bevosita)
ishlab chiqaruvchi ko‘plikka aytiladi.
65 R
munosabat
=
{K1,
K2..........}
Atributlar (ustunlar) nomi
Kortej K2 = {d12, d22, d32,
d42, d52, d62}
Domen D5 = {d51, d52,
d53, d54,..}