66
Ikkilamchi kalit mazmuni turli satr kortejlarda takrorlanishi
mumkin bo‘lgan kalitdir. Ular bo‘yicha ikkinchi kalitning bir xil
mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi.
Satrlar ustunlardan farqliroq o‘z
nomlariga ega emas, ularning
jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan
chegaralanmagan bo‘ladi. Satrni tartib raqamiga ko‘ra tanlab olib
bo‘lmaydi. Faylda har bir satr o‘z raqamiga ega bo‘lsa ham, bu narsa
satrni tavsiflamaydi. Bu raqam satr
jadvaldan olib tashlanganda
o‘zgaradi. Mantiqan satrlar o‘rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan
tushuncha yo‘q.
Relyatsion
tizimlarning
qo‘llanilishi
murakkab
siljishlar
zaruriyatini bartaraf qildi. Chunki ma’lumotlar endi bir fayl
ko‘rinishida emas, balki mustaqil to‘plamlar asosida tuzilib,
ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to‘plamlar nazariyasi –
relyatsion algebra amallari qo‘llaniladi.
Ma’lumotlar bazalarning obyektga – mo‘ljallangan
modeli
dasturlashning obyektga mo‘ljallangan tillari paydo bo‘lishi bilan
yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo‘lishi 90-yillarga
to‘g‘ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o‘zida saqlaydi.
Ko‘pincha, doimiy sinflar obyektlarini o‘zlarida saqlab ma’lumotlar
orasida to‘siqsiz uyg‘unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov
berishni amalga oshiradilar.
Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka
erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
1) rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani);
2) ma’lumotlarni boshqa modellarini
relyatsion modellarga
keltirish apparatining mavjudligi;
3) axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini
mavjudligi;
4) tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida
bilimga ega bo‘lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga
nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so‘rovlar tilining
mavjudligi.
Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish
mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal
qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo‘lgan
ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda,
muammo sohasining namunaviy
(tipik) obyektlari birdaniga o‘rnatiladi. Bu yеrda eng optimal usul-
67
ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog‘liqki, dastlabki
bosqichda barcha masalalar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarning
yo‘qligidadir.
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga
bo‘linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy
modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy
tuzilishini aniqlash.
Axborot-mantiqiy
model
muammo
sohasini
axborot
obyektlarining majmui va ular orasidagi
tuzilmaviy aloqalar
ko‘rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo
sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish
shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifiga xasoslanadi.
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual
(mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
Ma’lumotlar bankining mantiqiy tuzilishi
obyektga
tegishli
bo‘lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo‘lgan
Ma’lumotlar bankining mantiqiy bog‘lanish modeli ikkinchi
bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot
ifodalanadi: obyekt to‘g‘risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o‘zaro
munosabatlari. Har bir obyekt modeli yozuv turlari orqali ko‘rsatiladi.
Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi,
munosabatlar esa – yozuv va maydon turlari o‘rtasidagi aloqalar
yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining,
MBBT ning mohiyatiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni axborotning
ma’nosiga bog‘liq bo‘lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini
ta’minlaydi.