Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

6.2 Telekommunikatsiya.
G
lobal kompyuter tarmog’i – Internet 
Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bo’la 
olmaydigan masofada turuvchi sub’ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) 
o’rtasidagi muloqotdir. ( “Tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”– aloqa, xabar). 
Masalan: kemalar o’rtasidagi yorug’lik signallari almashuvi, telegraf, 
televidenie, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi 
Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan. 
Misol qilib oladigin bo’lsak, asrimizning 80 yillarida butun dunyoda, shu 
jumladan, sobiq ittifoqda ham MS DOS muhitida ishlovchi BBS (Bulletin Board 
System) faylli serverlar faoliyat ko’rsatgan. 
BBS abonentlari tekinga e’lonlarni ko’rib chiqish va yozib qoldirishi, pochta 


91 
ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo’lishdi. 
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir – biridan uncha uzoq bo’lmagan 
(bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi. 
LVSni “mijozlari” (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi 
mumkin. Biroq kompьterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va 
jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin. 
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur: 
1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bo’lmaganda modem va 
telefon tarmog’i);
2. Kommunikatsion dasturlar. 
Modem – bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart 
qurilma (Modulyator – Demodulyator). 
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog’iga 
ulanadi. 
Modemning yagona funktsiyasi – bu kompyuterning diskret ( raqamli ) 
signalini, telefon tarmog’ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va 
aksincha. 
Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta’minoti ishlatiladi. Kompyuter 
bilan provayder uzeli o’rtasidagi aloqa vositasi sifatida oddiy yoki maxsus telefon 
tarmog’idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta’minotini 
ko’rib chiqamiz va u o’z navbatida ikki sinfga bo’linadi. 
1. Mijoz – dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bo’lib, 
o’z talablarini (savollarini ) serverga yuboradi. 
2. Server – dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bo’lib, 
ular sizning kompyuteringizga xizmat ko’rsatadilar. 
Telefon tarmog’iga qiyos qilganda, ATS – bu server, sizning telefoningiz – bu 
mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini ko’pincha “mijoz – server” 
texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda to’g’ri, lekin shu narsani esda 
saqlashimiz 
lozimki, 
axborotlar 
tizimida 
“mijoz 
– 
server” 
tushunchasi 
ma’lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda, 
server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat ko’rsatishning har bir turi o’z 
serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP – 
serverlar va FTP - mijozlar. 
Ko’pincha server deb, serverli dasturlarga ega bo’lgan kompyuterlarni ham 
aytishadi. SHu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha 
server dasturlar ish olib borishi mumkin. 
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish 
mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari 
bilan qo’shilib ketmoqda. 
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bo’lib 
kelmoqda. 
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog’idir. Haqiqatdan 
olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas. 
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi 


92 
bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan 
iborat. 
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash 
tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq 
urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun 
mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat: 
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda 
bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi 
mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir 
tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter 
boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha 
qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil 
ishlashi kerak. 
SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel 
(kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi 
buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir. 
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri 
bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel 
– ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir 
nechta qudratli server- kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh 
kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin ) deb atashadi. 
Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi 
(ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan 
tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi 
xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: 
GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet 
eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi. 
Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning 
xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi. 
SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu: 

Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash; 

Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa 
aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir; 
Internet qanday ishlaydi. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish