Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga – mo’ljallangan modeli




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga – mo’ljallangan modeli 
dasturlashning 
ob’ektga mo’ljallangan tillari paydo bo’lishi bilan yuzaga chiqa boshladi. Bunday 
bazalarning paydo bo’lishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar 
usullarini o’zida saqlaydi. Ko’pincha, doimiy sinflar ob’ektlarini o’zlarida saqlab 
ma’lumotlar orasida to’siqsiz uyg’unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni 
amalga oshiradilar. 
Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka erishilishi 
quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 
1)
rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani); 
2)
ma’lumotlarni boshqa 
modellarini relyatsion modellarga keltirish 
apparatining mavjudligi; 
3)
axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi; 
4)
tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega 
bo’lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga nisbatan standartlashgan 
yuqori darajadagi so’rovlar tilining mavjudligi.
Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. 
Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza 
yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi 
usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob’ektlari birdaniga o’rnatiladi. Bu 
erda eng optimal usul-ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog’liqki, 
dastlabki bosqichda barcha masalalar to’g’risida etarlicha ma’lumotlarning 
yo’qligidadir. 
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo’linadi: 
muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab 
chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash. 
Axborot-mantiqiy model muammo sohasini axborot ob’ektlarining majmui va 
ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko’rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. 
Muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish shu 
sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (5.6-rasm). 
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki 
(jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. 
Ma’lumotlar 
bankiing 
mantiqiy 
tuzilishi—obektga 
tegishli 
bo’lgan 
axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo’lgan Ma’lumotlar bankiing 
mantiqiy bog’lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda 
uch turli axborot ifodalanadi: ob’ekt to’g’risidagi xabarlar, ularning xususiyati va 


86 
o’zaro munosabatlari. Har bir ob’ekt modeli yozuv turlari orqali ko’rsatiladi. 
Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa -- 
yozuv va maydon turlari o’rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model 
EHM operatsion tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog’liq bo’lmaydi, yahni 
axborotning ma’nosiga bog’liq bo’lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini 
ta’minlaydi. 
5.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari 
Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. 
CHizmali usulda ma’lumotlar o’rtasidagi bog’lanish graflar yordamida tasvirlanadi. 
Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o’rtasidagi 
aloqalarni ko’rsatadi. Jadvalli usulda ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar bir yoki bir 
nechta ustundan iborat bo’lgan jadvallar orqali ifodalanadi. 
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning poьonali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion 
turlaridan foydalanilmoqda. 
Pogonali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma’lumot 
yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va xar bir yozuv oldingi poьona uchlariga 
bog’langan bo’ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta 
yo’nalish bo’yicha qidiriladi va uning joylashgan o’rni to’liq ko’rsatiladi. Poьonali 
(ierarxik) modelga asoslangan MB 1-chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab 
chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb 
nomlangan ma’lumotlar bankini tashkil qilgan. 
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda 
tegishli axborotlar bir nechta yo’nalish bo’yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model 
ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi CH. Baxman. 
Tarmoqli modelga asoslangan MB – Integrated Database Menegement System 
(IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70 yillari ishlab chiqilgan. 
Ierarxik va poьonali Ma’lumotlar bankiing afzalligi — ularning tezkorligi. 
SHaxsiy EHM larning paydo bo’lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga 
sababchi bo’ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda 
tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar 
mantiqiy 
loyihalash 
jismoniy ( fizik) 
loyihalash 
ma’lumot 
ilovada 
ifodalanishini 
loyihalash 
MB 
loyihalash 


87 
ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum 
sohaga tegishli bo’lgan bir qancha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ustun va qator 
o’rtasidagi bog’lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o’z 
nomiga ega bo’ladi. 
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi: 

ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma’lumotlar element hisoblanadi; 

munosabatlarda ikkita bir hil qator bo’lmaydi; 

ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas. 
Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. 
Relyatsion modelning asoschisi—Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi 
nomi – Kodd modeli. 
Ma’lumotlar bankii tashuvchilarda xosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil 
etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma’lumotlarni joylashtirish usullari va 
vositalaridan iborat bo’lib uning natijasida ichki model xosil qilinadi. Ichki model 
ma’lumotning mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning 
joylashishini, aloqasini va tanlab olinishini ko’rsatadi. Ichki model MBBT orqali 
hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi : 

ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash; 

tashqi xotiradan maksimal foydalanish; 

Ma’lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish; 

ma’lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirish va 
boshqalar. 
5.7-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi 
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil 
guruhga ajratiladi: 
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: 
Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress. 
SHaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar: 
FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access. 
Foydalanuvchi interfeysi 
MB protsessori 
Ma’lumotlar bazasi 
1 blok 
2 blok 
3 blok 


88 
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini 
hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish arxitekturasini ko’rib chiqamiz. 
Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm). 
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi: jadvallar, 
formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu blokda ma’lumotlar 
jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb-fayllar). MB protsessori. MS 
Access MBBT 2000-da ma’lumotlar disketlari MS Jet (Joınt Engine Technolıgy) 
ma’lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo’llanilgan. Bu 
versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga – mo’ljallangan modeli

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish