Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
 
 
 
 
 


100 
7 -bob Kompyuter tizimlarining axborot xavfsizligi 
7.1 Zamonaviy axborot jamiyatida axborot xavfsizligi 
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo’tadil tashkil 
qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda 
milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil 
qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali 
foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni 
muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi 
tezligi yuksaladi, axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish 
bo’yicha ilg’or axborot-kommunikatsiyalar texnolopshtarini qo’llash kengayadi.
Turli xildagi axborot xududiy joylashishidan qatьiy nazar bizning kundalik 
hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog’i orqali kirib keldi. Axborotlashgan 
jamiyat ushbu komp’yuter tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot 
dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormoqda. 
Jahon kompyuter tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan o’zgartirmoqda, ya’ni davlat 
axborotning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda[31,33,34].
SHuning uchun ham mavjud axborotga noqonuniy kirish, ulardan foyddlanish va 
yo’qotish kabi muammolar dolzarb bo’lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va 
davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning 
axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy 
va ajratmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet 
masalalariga aylanmoqda. 
Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo’nalishlarini qayd etish mumkin. 
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun 
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri 
— sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs 
o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at — sirli yozuv jamiyatning yuqori 
tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan 
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, 
ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni 
endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. 
Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar.
SHunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta 
ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga 
olib keladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot o’zining hayotiy davriga ega 
bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan 
iboratdir (7.1-rasm.). Axborot hayotiy davrining har bir bosqichida ularning 
himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi. 
Maxfiy va qimmatbaho axborotga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim 
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulkiy 
huquqlarini himoyalash — bu ishlab chiqarilayotgan axborotni jiddiy iqtisodiy va 
boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va 
o’g’irlashlardan himoyalashdir. 


101 
7.1-rasm. Axborotning hayotiy davri 
Axborot xavfsizligi deb ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga 
yunaltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday 
tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. 
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash 
yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari 
to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat 
olmasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga 
intilish ham rivojlandi. 
Axborotning himoyasi deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, 
ishonchliligi, 
foydalanish 
osonligi 
va 
maxfiyligini 
ta’minlovchi 
qatьiy 
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. 
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi 
bo’lgan nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya 
qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan 
axborot himoyalanishi kerak. 
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash 
mumkin: 
• maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi 
mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofiq cheklab qo’yilib, 
Axborotni saqlash 
va arxivlash 
So’rovlar bo’yicha
axborotlarni tanlash 
Axborotni qayta 
ishlash 
Saqlash uchun axborotlarni 
tizimlashtirish, tartibga solish va 
o’girish 
Axborotdan
foydalanish 
Olingan axborot 
Axborotlarni
foydaliligi va 
aniqligi bo’yicha 
Xisobot
ma’lumotlari 
Birlamchi axborot 
Axborotlarni
yangilab turish 
Eski axborotlarni
yo’qotish 


102 
hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor 
qilish, deyiladi; 
• konfidentsiallik — ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi 
kafolati; 
• yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va 
uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati. Bu bandning 
buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; 
• autentnfikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan 
ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat. Bu bandning buzilishi xabar 
muallnfini soxtalashtirish deyiladi; 
• apellyatsiya qilishlik — etarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron 
biznesda keng ko’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash 
mumkinligi kafolati. 
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagacha tasnifni keltirish 
mumkin:

ishonchlilik – tizim me’yoriy va g’ayri tabiiy hollarda rejalashtiriganidek 
o’zini tutishlik kafolati; 

aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati; 

tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruhlari axborot manbalariga 
har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati; 

nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xohlagan qismini 
to’liq tekshirish mumkinligi kafolati; 

identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq 
o’zini kim deb atagan bo’lsa, aniq o’sha ekanligining kafolati; 

qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar 
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 
kelishilgan holda o’zini tutishi. 
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: 

axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o’g’irlanishi, 
yo’qotilishi, 
o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 

shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf-xatarning oldini olish; 

axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish, 
to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; 

xujjatlashtirilgan 
axborotning 
miqdori 
sifatida 
huquqiy 
tartibini 
ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy 
aralashuvlarning ko’rinishlarining oldini olish; 

axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy 
maxfiyligini va konfidentsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion xuquqlarini 
himoyalash; 

davlat 
sirini, 
qonunchilikka 
mos 
hujjatlashtirilgan 
axborotning 
konfidentsialligini saqlash; 

axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, 
ishlab chiqish va qo’llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotga 


103 
nisbatan xavf-xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin (7.2-rasm).

Download 2,86 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish